Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, ularning iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilingan. Rivojlanayotgan mamlakat sifatida O‘zbekiston global iqlim o‘zgarishiga moslashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yangi moliyaviy vositalarni joriy etmoqda. Maqolada yashil obligatsiyalar, subsidiyalangan kreditlar, xalqaro grantlar va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari orqali iqtisodiyotni "yashillashtirish" imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yashil moliyalashtirish loyihalari, ularning yalpi ichki mahsulotga, bandlik darajasiga va investitsiya muhiti sifatiga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida baholangan. Shuningdek, mavjud institutsional muammolar va istiqbolli yechimlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning tarixi, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik yo‘nalishlari, shuningdek, strategik sheriklikni rivojlantirishdagi asosiy bosqichlar va istiqbolli loyihalar va Fransiyaning O‘zbekistondagi investitsion faoliyati, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlari va strategik loyihalar, energetika, infratuzilma, aviatsiya, ta’lim sohalarida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning shakllanishi, yo‘nalishlari va amaliy tashabbuslari, terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, Afg‘onistondagi vaziyat va kiberxavfsizlik kabi muammolar yuzasidan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Ushbu maqolada Xorazm viloyati oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilar salohiyatining mustaqillik yillaridagi o'sish dinamikasi, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yo'nalishlari va erishilgan natijalar tahlil qilingan. Statistik ma'lumotlar asosida professor-o'qituvchilar tarkibining miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari, ularning gender taqsimoti hamda ilmiy salohiyat darajasining o'zgarishi o'rganilgan.