Ushbu maqolada gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida aylanma mashg‘ulotlarni qo‘llashning usullari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, aylanma mashg‘ulot usulining sportchilarning jismoniy sifatlarini, jumladan, tezlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.
Mazkur maqolada gandbol sportida kuch-chidamliligini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi baholangan. Sportchilarning maksimal kuch, yugurish chidamliligi, dinamik va izokinetik kuch ko‘rsatkichlaridagi o‘sish sur’atlari baholangan.
Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.
Ushbu maqolada huquqiy hujjatlarni tahlil qilishda mashina tarjimasi texnologiyalarining qo‘llanilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolаda mashina tarjimasining rivojlаnish tarixi, huquqiy tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari, Legal Tech sohasida mashina tarjimasining ahаmiyati va qo‘llanilish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xаlqaro tajriba va O‘zbekistondagi holat, sohaga oid xalqaro shartnomalar va huquqiy asoslar yoritib beriladi.