Bugungi globallashgan jamiyatda nozik mavzularda nomaqbul so‘zlarni nisbatan muloyimroq so‘zlar, ya’ni evfemizmlar bilan almashtirishga ehtiyoj ortdi. Insonlar so‘zlayotgan nutqi keskin yoki haqoratli bo‘lishini oldini olish maqsadida o‘z fikrlarini bildirish uchun yumshoqroq alternativlardan foydalanishi bugungi kun zaruratiga aylandi. Ushbu maqolada evfemizmlarning o‘rganilish tarixi va olimlarning evfemizm bo‘yicha yondashuvlari yoritib berilgan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda bank kreditlarining roli va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda tijorat banklari tomonidan kichik biznesni kreditlash hajmi ortib borayotgan bo‘lsa-da, ushbu jarayonda garov ta’minotining yetishmasligi, yuqori foiz stavkalari, kredit risklarini baholash tizimining takomillashmaganligi kabi muammolar mavjud. Tadqiqotda ushbu muammolarning sabablari aniqlanib, kredit siyosatini liberallashtirish, davlat kafolat fondlarini kengaytirish, imtiyozli kredit liniyalarini joriy etish va raqamli kreditlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola natijalari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda bank-moliya tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslarni mustahkamlaydi.
Maqolada Kushonlar davrida shakllangan harbiy va siyosiy ikonografiyaning asosiy unsurlari — bosh kiyimlar, dubulg‘alar va ularning ramziy mazmuni tahlil qilingan. Tadqiqotda tangalar, haykallar hamda devoriy suratlar asosida hukmdor timsolining siyosiy va diniy mohiyati yoritiladi. Har bir bosh kiyim shakli, bezagi va undagi timsollar orqali hokimiyatning ilohiy legitimatsiyasi, qudrat va osmoniy himoya g‘oyalari ifodalangan. Muallif Kushon ikonografiyasida harbiy libos va atributlarning davlat mafkurasi bilan uzviy bog‘liqligini asoslaydi. Ushbu yondashuv Kushon san’atini nafaqat estetik, balki ideologik tizim sifatida ham baholash imkonini beradi.
Ushbu maqolada Aksiyadorlik jamiyatlarida aktsiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonining iqtisodiy mohiyati, uning investitsiyalarni jalb etishdagi o‘rni va O‘zbekiston sharoitida ushbu mexanizmning amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda IPO orqali korxonalarning kapitallashtirilgan qiymatini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish imkoniyatlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqolada, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorining hozirgi holati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan IPO loyihalari, davlat ulushini kamaytirish siyosati hamda xalqaro tajribalarning tahlili keltirilgan. Xususan, rivojlangan davlatlar — AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Xitoy tajribalari asosida O‘zbekiston uchun samarali model va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, IPO jarayonlarini jadallashtirish nafaqat investitsion muhitni yaxshilaydi, balki iqtisodiyotda shaffoflik, raqobat va kapitallashuv darajasini oshiradi.
This article analyzes the role of small businesses and startups in national economic development and examines the macroeconomic impact of government support policies. It also highlights the positive effects of promoting these sectors on economic growth, employment, innovation, and competitiveness.