Ushbu maqolada hozirgi kun yoshlar modasida tarbiya masalalari, uning ijtimoiy, estetik va madaniy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada yoshlar modasidagi trendlar va libos tanlovi orqali axloqiy qadriyatlar, madaniy me’yorlar va shaxsiy uslubni shakllantirish jarayonlari yoritilgan.
Maqolada terrorizmga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni, ma’naviy immunitetni shakllantirish hamda fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirish masalalari tahlil qilingan. Terrorizmga qarshi kurashda mafkuraviy tarbiya, ta’lim tizimi va ijtimoiy ongning o‘rni yoritilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida nazarda tutilgan firibgarlik jinoyatining huquqiy belgilariga ilmiy-huquqiy tahlil berilgan. Firibgarlikning mazmuni, uning tarkibiy elementlari obyekt, obyektiv tomoni, subyekt va subyektiv tomoni amaldagi qonunchilik hamda sud amaliyoti misolida yoritiladi.