Ушбу илмий мақолада бўлажак чет тили ўқитувчиларида маданиятлараро мулоқот компетенсиясини шакллантириш ва ривожлантириш масаласи кенг қамровли тарзда ёритилади. Тадқиқотда маданиятлараро мулоқотнинг назарий асослари, тил ва маданият ўртасидаги ўзаро боғлиқлик, халқаро илмий моделларнинг мазмун-моҳияти ҳамда уларнинг педагогик жараёнда қўллаш имкониятлари таҳлил этилади. Шунингдек, хорижий тажриба ва миллий таълим тизими ўртасидаги қиёсий жиҳатлар кўриб чиқилиб, бўлажак чет тили ўқитувчиларининг маданиятлараро компетенсиясини ривожлантиришга хизмат қилувчи самарали методик ёндашувлар ва инновацион технологиялар таклиф этилади. Мақола орқали глобал дунёқарашни кенгайтириш, турли маданият вакиллари билан самарали мулоқот олиб бориш кўникмаларини мустаҳкамлашнинг назарий ва амалий асослари ёритилади.
Ushbu maqolada ta’lim tizimida bulut texnologiyalarini qo‘llashning dolzarbligi va afzalliklari tahlil qilinadi. Bulutli hisoblash o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, masofaviy ta’limni rivojlantirish, elektron kutubxonalar va test tizimlaridan keng foydalanish imkonini beradi. Tadqiqotda bulut texnologiyalarining ta’limdagi afzalliklari, O‘zbekistonda ularning joriy etilishi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bulutli platformalarning o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratadigan qulayliklari, ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni hamda raqamli transformatsiya jarayonidagi ahamiyati yoritiladi. Maqola yakunida bulut texnologiyalarini ta’limda kengroq joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.
Mamlakatimizda sovet hukmi o‘rnatilishi bilan, butun ittifoq hududida sog‘liqni saqlashga oid turli xil tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, ushbu tadbirlar Surxon vohasini ham chetlab o‘tmadi. Termiz shahrida sog‘liqni saqlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ammo kamchiliklar bir qancha bo‘lganligini turli manbalar va adabiyotlar hamda arxiv ma’lumotlari asosida tahli qilingan.
Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan. Maqolada milliy va xalqaro miqyosda kiberjinoyatchilik sohasidagi huquqiy tartibga solish mexanizmlarining hozirgi holati tahlil qilingan, huquqiy bazani modernizatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslantirilgan.