Ushbu maqolada O‘zbekiston mintaqalari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlari, ularning rivojlanish dinamikasi, mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Hududlar o‘rtasida resurslar, ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma va investitsiya oqimlarining notekis taqsimlanishi iqtisodiy integratsiya samaradorligiga bevosita ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, maqolada hududlararo iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport va logistika tizimlarini rivojlantirish hamda innovatsion hamkorlikni kengaytirish orqali iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish yo‘llari taklif etiladi.
Qishloq va shahar hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlar mamlakat iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalaridan biridir. Ushbu maqolada hududlararo daromad, ish o‘rinlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma va resurslardan foydalanishdagi farqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, tafovutlarni kamaytirish uchun davlat siyosati, investitsiya dasturlari, infratuzilmani rivojlantirish, innovatsion texnologiyalar va ekologik barqaror yechimlar kabi chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Maqola hududiy barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy adolatni oshirishga yo‘naltirilgan strategiyalarni taklif etadi.
Ush bu maqolada memorial muzey majmualarning eksponatlarini to’g’ri yoritish usullari haqida to’xtalib o’tamiz. Eksponatlarini yoritishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish haqida ko’rib chiqiladi. Zamonaviy yoritish vositalari, Led lampalar, shuningdek teatr va konsertlarda ishlatiladigan projektor lampalarni memorial muzey majmualaruning ekspozitsion faoliyatini tashkil etishdagi o’rni haqida to’xtalib o’tamiz.
Mazkur maqolada ko‘chmas mulkni baholash tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, uni O‘zbekiston sharoitida tatbiq etishning muammolari va istiqbollari tahlil qilinadi. Maqolada baholash sohasining xalqaro standartlari (IVS, EVS), ularning asosiy tamoyillari, milliy qonunchilik va amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan.