Koʻchmas mulk bozori iqtisodiyot tizimining muhim qismlaridan biri boʻlib, aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni rivojlantirish va investitsiya jalb etishda asosiy oʻrin tutadi. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar koʻchmas mulk bozorida faollikni oshishiga xizmat qiladi. Aholining urbanizatsiyalashuvi, yangi turar-joy massivlarning qurilishi, zamonaviy infratuzilmaning rivojlanishi bu sohaning dolzarbligini yanada kuchaytiradi. Ushbu maqolada aynan shu muammolar tahlil qilinadi hamda zamonaviy innovatsion yechimlar taklif qilinadi.
Mazkur maqolada Oʻzbekiston ko‘chmas mulk bozorining hozirgi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Bozorni shakllantiruvchi asosiy omillar – aholining o‘sish sur’ati, shaharsozlik siyosati, investitsion muhit va raqamli boshqaruv tizimining joriy etilishi – batafsil o‘rganilgan. Tadqiqotda 2020–2025-yillar oralig‘idagi milliy statistika ma’lumotlari, hukumat qarorlari va xalqaro tajribalar tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori faol diversifikatsiya bosqichiga kirgan, biroq normativ-huquqiy bazaning yetarli emasligi, kadastr ma’lumotlarining raqamlashtirilmaganligi va ijtimoiy uy-joy siyosatining zaifligi kabi muammolar mavjud. Taklif etilgan yechimlar orasida yagona raqamli platforma joriy etish, shaffof investitsiya mexanizmlarini yaratish va uy-joy siyosatini modernizatsiya qilish zarurligi ta’kidlanadi.
В статье рассматриваются ключевые направления государственной политики Республики Казахстан в области снижения молодёжной безработицы. Анализируются современные тенденции рынка труда, динамика показателей занятости и эффективность реализуемых программ. Особое внимание уделено инновационным подходам в сфере цифровизации, предпринимательства и партнёрства государства, бизнеса и системы образования.