Ushbu maqolada ashyoviy dalillarni yo'q qilish bilan bog'liq ijro hujjatlarining ijrosini ta'minlash masalalari tadqiq etilgan. Maqolada ijro ishini yuritishning nazariy asoslari, amaliy muammolari va ularni hal etish yo'llari ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ashyoviy dalillarni yo'q qilish bilan bog'liq ijro hujjatlarining samarali ijrosi uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish, davlat ijrochilarining vakolatlarini kengaytirish va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash zarur.
Mazkur maqolada ilmning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni yoritilgan. Ilmning Qur’on va sunnatdagi fazilatlari, olim va tolibi ilmning martabasi hadislar hamda ulug‘ ulamolar hayotidan keltirilgan ibratli voqealar orqali bayon etilgan. Shuningdek, ilm talabida oliy himmatli bo‘lish, sabr-toqat, bedorlik, kamtarlik va ustozga hurmat kabi muhim odoblar yoritib berilgan. Maqolada ilm yo‘lidagi mashaqqatlarning haqiqiy mo‘min uchun rohatga aylanishi, ilmning qalb hayotidagi o‘rni hamda dunyo va oxirat saodatiga eltuvchi nur ekani asoslab berilgan.
Ushbu maqolada ijro ishlarini yuritish jarayonida mediatsiya institutining huquqiy ahamiyati va amaliy qo'llanilishi masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida milliy va xorijiy qonunchilik tahlili, ilmiy adabiyotlar sharhi hamda statistik ma'lumotlar o'rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, mediatsiya ijro ishlarida sud qarorlarining ixtiyoriy ijrosini ta'minlash, ijro xarajatlarini kamaytirish va tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni saqlashda muhim vosita hisoblanadi.
Mazkur maqolada ijro ishi yurituvida ishtirok etuvchi shaxslar tushunchasi, ularning huquqiy holati, amaldagi qonunchilikda mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot faqat normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy adabiyotlar va muallifning shaxsiy tahliliga asoslanadi. Hech qanday tajriba, kuzatuv yoki intervyular qo‘llanilmaydi. Natijada ijro ishi samaradorligini oshirishga qaratilgan huquqiy va tashkiliy yechimlar taklif etiladi.