Bugungi kunda to‘y va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham, ortiqcha hashamlarsiz o‘tkazish masalasi jamiyatda dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Chunki dabdabali marosimlar ko‘plab oilalar uchun katta moddiy yuk bo‘lishi, yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishida iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois, soddalikka intilish, sarfni me’yorda qilish va isrofgarchilikning oldini olish umumiy maqsadga aylanishi lozim.
This article discusses the factors affecting the pedagogical and psychological competencies formed in primary school teachers before the call. In addition, this article also expresses opinions and considerations about the interdependence and necessity of pedagogical and psychological competencies necessary for a teacher..
Ushbu maqolada jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari institutining mazmuni, huquqiy asoslari va amaliy ahamiyati yoritilgan. Jinoyat sodir etgan shaxsning ruhiy holati yoki tibbiy bog‘liqligidan kelib chiqib qo‘llaniladigan majburiy davolash choralari sud tomonidan tayinlanishi, ularning turlari, qo‘llanish shartlari va jamiyat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy misollar va tibbiy ekspertizaning ahamiyati yoritilib, ushbu choralarning jinoyatning takrorlanishini oldini olishdagi roli ko‘rsatib berilgan.
Maqolada o‘zbek dastgoh grafikasi texnikalarida milliy obrazlar yaratish jarayoni badiiy-uslubiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Ofort, linogravyura, litografiya va akvatinta kabi grafik texnikalarning estetik imkoniyatlari, milliy obrazlar tizimining badiiy talqini, ramziylik va zamonaviy izlanishlarning uyg‘unlashuvi ilmiy asosda yoritilgan. Rassomlarning milliy an’analarga murojaat qilishi, zamonaviy kompozitsion yechimlar orqali obraz talqinini boyitishi misollar orqali ochib beriladi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida uchraydigan stressning psixologik omillari yoritilgan. So‘nggi yillarda turli universitetlar tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy ishlardan foydalanilgan holda talabalarning stress manbalari, xavotir darajasi va moslashuv mexanizmlari tahlil qilinadi. Maqolada stressning kelib chiqish sabablari, uning talabalik faoliyatiga ta’siri hamda uni kamaytirishga doir ilmiy mulohazalar bayon etilgan.