Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkiloti o‘rtasidagi rivojlanib borayotgan o‘zaro hamkorliklar haqida. O’zbekistonning BMT, va boshqa xalqaro tashkilotlari o’rtasidagi aloqalar, o’zaro almashinuv, tarixiy-madaniy muloqotlar, o’zaro kelishuv va bitimlar manbalar asosida yoritildi va taxlil etildi.
Ushbu maqolada o‘rta maktabda texnik fanlarni o‘qitish jarayonida 3D modellashtirish, dasturlash va robototexnika kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi o‘quvchilarning texnologik sohalarda muvaffaqiyatli martaba olishlari uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘rganish va rivojlantirish samaradorligini oshirish zarurati bilan bog‘liq.
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining sodir etilishi natijasida davlatimiz iqtisodiyotiga yetkazilayotgan zarar miqdori kundan kunga o‘sib bormoqda. Mazkur turdagi qilmishlarning jinoiy huquqiy tuzilishini o‘rganish ularni kvalifikatsiya qilishda va aybdor shaxslarga jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining jinoiy huquqiy tuzilishining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tilgan.