Ushbu maqolada insult o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, xususan parodont to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik va funksional o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda insultdan keyingi davrda bemorlarning umumiy somatik holati, markaziy nerv tizimi faoliyatidagi buzilishlar hamda gigiyena ko‘nikmalarining susayishi parodont kasalliklarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Shuningdek, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi, qon aylanishining buzilishi, immun tizim faoliyatining pasayishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan klinik belgilar va asoratlar tahlil qilingan. Maqolada insultdan keyingi davrda stomatologik profilaktika, parodont kasalliklarini erta aniqlash hamda kompleks davolash usullarining ahamiyati ilmiy asosda yoritib berilgan.
Ushbu ilmiy maqolada homiladorlik davrida uchraydigan eng murakkab va yuqori perinatal hamda maternal xavf bilan kechuvchi patologik holatlardan biri bo‘lgan preeklampsiyaning erta tashxislash imkoniyatlari, patogenez mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan zamonaviy biomarkerlar, klinik diagnostika mezonlari hamda profilaktik strategiyalar kompleks tarzda ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida zamonaviy akusherlik va perinatologiya amaliyotida qo‘llanilayotgan laborator va instrumental diagnostika usullari, jumladan angiogen faktorlar (sFlt-1/PlGF nisbati), uteroplatsentar qon aylanishini dopplerografik baholash, genetik va molekulyar markerlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, preeklampsiya rivojlanishining patofiziologik asoslari, trofoblast invaziyasining buzilishi, endotelial disfunktsiya, oksidlovchi stress va immunologik mexanizmlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari ham chuqur ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada preeklampsiyani erta aniqlash orqali ona va homila uchun xavfli asoratlarning oldini olish, shuningdek profilaktika choralarini takomillashtirish masalalari zamonaviy ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida tahlil qilinib, akusherlik amaliyotida qo‘llash uchun muhim ilmiy xulosalar keltiriladi.
Mazkur ilmiy maqolada gipofiz gormoni bo‘lgan prolaktinning patologik darajada ortib ketishi bilan kechadigan gipерprolaktinemiya holatining reproduktiv salomatlik tizimiga ko‘rsatadigan ta’siri zamonaviy ilmiy tadqiqotlar asosida kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida gipерprolaktinemiyaning etiologik omillari, patofiziologik mexanizmlari, diagnostik mezonlari hamda reproduktiv tizim funksiyalariga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari chuqur ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Shuningdek, ushbu patologiyaning ayollarda ovulyatsiya buzilishi, menstrual sikl disfunksiyasi, bepushtlik va galaktoreya bilan bog‘liqligi hamda erkaklarda testosteron sekretsiyasi pasayishi, spermatogenez buzilishi va jinsiy disfunktsiyalar bilan kechishi masalalari ham keng yoritildi. Zamonaviy endokrinologiya va reproduktologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar gipерprolaktinemiyani erta tashxislash va samarali davolash orqali reproduktiv salomatlikni tiklash mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Ushbu maqolada gipерprolaktinemiyaning diagnostik algoritmlari, laborator va instrumental tekshiruvlar hamda farmakologik davolash usullari ilmiy jihatdan asoslangan holda tahlil qilinadi.
This article highlights the importance of oral hygiene for maintaining overall human health. It discusses the significant role of toothpaste in preventing dental and gum diseases and analyzes the main components of toothpaste and their functions. The paper also describes different types of toothpaste and their specific characteristics and applications. In addition, several widely used toothpastes were experimentally tested and compared to evaluate their effectiveness and properties. The results emphasize the importance of choosing an appropriate toothpaste in order to maintain proper oral hygiene.
Ushbu maqola oʻzbek xalq qargʻishlarining gender (jinsiy) xoslanishini koʻrib chiqadi, ayollar va erkaklar nutqidagi farqlar, ularning turlari, misollari, lingvokulturologik va psixolingvistik tahlillarini batafsil yoritadi. Qargʻishlarning jamiyatdagi gender rollari bilan bogʻlanishi, oʻrganilgan olimlar va tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. Maqola folkloristika, tilshunoslik va genderologiyaning kesishmasini ochib beradi, oʻzbek madaniyatining ijtimoiy jihatlarini yoritadi.