Мазкур мақолада ахборот технологиялари соҳасидаги жиноятларнинг хавфлилиги айнан нималарда намоён бўлиши таҳлил қилиниб, АҚШ, Ҳиндистон ва Жанубий Корея каби давлатларининг ушбу турдаги жиноятларни аниқлаш, фош этиш ва тергов қилиш борасидаги илғор тажрибалари ҳақида фикр юритилган. Шунингдек, ахборот технологиялари соҳасидаги жиноятлар бўйича компьютер ва бошқа техника воситалари ҳамда қурилмаларини хатлаш бўйича миллий қонунчилигимиз билан Озарбайжон, Қозоғистон, Тожикистон ва Грузия каби давлатларнинг қонунчилиги қиёсий таҳлили амалга оширилган.
Ushbu maqolada binolarning energiya samaradorligini ta’minlashning zamonaviy muhandislik uslublari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, maqolada binolarning energiya samaradorligini oshirishning muhandislik usuli sifatida issiqlik nasoslaridan foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribalari, hamda energiya tejaydigan binolar xavfsizlik va ishonchlilik uchun me’yoriy talablarga javob berishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
в данной статье посвящена основным вопросам проведения статистического анализа в медико-биологические исследований. Статистическая обработка представляет собой сложный многоступенчатый процесс, от уровня научной организации которого решающим образом зависит качество накапливаемых статистических данных, результаты их обработки и осмысления.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida noan’anaviy usullardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Noan’anaviy usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, bilimlarni mustahkamlash va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar va ijodiy topshiriqlar yordamida dars samaradorligini oshirish mumkinligi ilmiy va amaliy dalillar bilan asoslangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, bunday yondashuvlar o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini sezilarli darajada oshiradi.