Quyidagi maqola O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” va Remarkning “Gʻarbiy frontda oʻzgarish yoʻq” asarlarining o‘xshash jihatlari mavzusida yozildi. Maqola orqali insonlar taqdiri zamon va makon oralig‘iga qaramay, o‘xshash bo‘lishi mumkinligini bilib olishimiz.
Bugungi rivojlanib borayotgan adabiyotimizda ko‘plab ijodkorlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Ularning har biri adabiyotimiz uchun ahamiyatlidir. Ushbu maqolamizda Abdulvohid Burhonov hayot faoliyati, ijodiy ishlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Uning ijtimoiy faolligi, ijodi va shaxsiy qarashlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Ushbu maqola xamsachili anʼanasini davom ettirgan Xazrat Alisher Navoiy "Xamsa" sidagi boblarda Salaflarning taʼrifi haqida. Xamsachilikda ulkan iz qoldirgan, barchamizga maʼlum va mashhur uchta shoir Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy vasfida yozilgan boblarning bir-biridan farqli jihatlari, qaysi dostonda qanday taʼriflanganligi keltirib oʻtiladi. Navoiy har bir dostonida har bir Salaf haqida turli fikrlarni bayon etadi va hech biri takrorlanmaydi.
Maqolada asli afg‘onistonlik bo‘lgan yozuvchi Xolid Husayniy hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xoslik haqida so‘z boradi. Maqoladan ko‘zlangan maqsad, o‘zbek kitobxonlariga Xolid Husayniy asarlarining dunyoga kelish sabablari va asar voqealari yozuvchi hayoti bilan qanchalar bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berish hamda, “Shamol ortidan yugurib” asarini biografik metodga ko‘ra tahlil qilishdan iborat. O‘zbek kitobxonlari orasida Xolid Husayniy asarlari haqida yaxlit, teran tushunchalarni uyg‘otish va uning asarlari bilan yaqindan tanishtirish.
Ushbu maqolada Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy qalamiga mansub “Oydin tunlar” romani biografik metod asosida tahlil qilingan. Bu asarda Dostayevskiy shaxsiyatidagi muammolar, hayoliy va real dunyo o‘rtasidagi farqlar aniq ifodalangan. Shuningdek, biografik metod yordamida yozuvchi yashagan davrga xos xususiyatlari taxlil qilingan.