SANOAT KORXONALARIDA HR ANALYTICS ASOSIDA IMTIYOZLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Mazkur ilmiy tezisda sanoat korxonalarida xodimlarga taqdim etiladigan imtiyozlar tizimining samaradorligini HR analytics asosida baholash va optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — raqamli tahlil vositalari yordamida imtiyozlarning xodimlar motivatsiyasi, mehnat unumdorligi va tashkilotdagi sadoqat darajasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Shu nuqtai nazardan, sanoat korxonalarida inson resurslarini boshqarishda an’anaviy yondashuvlardan zamonaviy, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv tizimlariga o‘tish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil, solishtirma tahlil hamda korrelyatsion-regression usullar qo‘llanilib, imtiyozlar xarajatlari va asosiy HR ko‘rsatkichlari (employee engagement, turnover, absenteeism, productivity) o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Xususan, yirik sanoat korxonasi sifatida O‘zbekko‘mir AJ misolida imtiyozlar tizimining amaldagi holati tahlil qilinib, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar ishlab chiqildi.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
"OROL DENGIZINING QURIGAN TUBI: YANGI SAHRO — OROLQUM"

Ushbu maqolada Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan global ekologik muammolar va dengizning qurigan tubida paydo bo‘lgan yangi sahro — Orolqumning shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Muallif Orolqum sahrosidan ko‘tarilayotgan tuzli va changli bo‘ronlarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sirini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada hududda ekologik muvozanatni tiklash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, dengiz tubida saksovulzorlar va yashil qoplamalar barpo etishning ahamiyati ilmiy asoslab berilgan.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
REACTIONS OF N,N'-DIMETHYLAMINOBENZALDEHYDE CYANOHYDRIN (DMABDS) WITH AMINES: MECHANISTIC ASPECTS AND POTENTIAL APPLICATIONS

Nitrogen-containing organic compounds play an essential role in modern organic chemistry due to their wide range of chemical reactivity and biological significance. Among such compounds, N,N'-dimethylaminobenzaldehyde cyanohydrin (DMABDS) represents an interesting molecule containing both a cyanohydrin functional group and an electron-donating dimethylamino substituent. These structural features strongly influence the chemical behavior of the compound and make it a promising intermediate in organic synthesis. Reactions between DMABDS and various amines attract considerable attention because they lead to the formation of new carbon–nitrogen bonds and generate a variety of nitrogen-containing derivatives. The present work discusses the interaction of DMABDS with primary, secondary, and aromatic amines, focusing on the mechanistic aspects of these transformations and the properties of the resulting products. The study also highlights possible applications of these reactions in the synthesis of functional organic compounds with potential relevance to pharmaceutical chemistry and materials science.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN MAHORATI

Mazkur maqola o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asarida tarixiy haqiqatlar, badiiy talqinning o‘rni va ahamiyati tahlilga olinadi. Romanda shoh va shoir Mirzo Ulug‘bekning fojiali taqdiri hamda o‘sha davrda ilm-fan qay darajada ekanligi yoritib berilgan.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
HUJAYRA SITOSKELETINING STRUKTURAVIY VA FUNKSIONAL TASHKIL ETILISHI

Hujayra sitoskeleti eukariot hujayralarning ichki tayanch tizimi bo‘lib, u hujayra shaklini saqlash, mexanik barqarorlikni ta’minlash, organoidlarning joylashuvini boshqarish, hujayra ichki transportini amalga oshirish va hujayra bo‘linishida ishtirok etish kabi ko‘plab muhim biologik vazifalarni bajaradi. Sitoskelet hujayra sitoplazmasida joylashgan murakkab oqsil tolalar tarmog‘idan iborat bo‘lib, asosan mikrofilamentlar, oraliq filamentlar va mikronaychalardan tashkil topadi. Ushbu strukturalarning har biri o‘ziga xos molekulyar tuzilishga, dinamik xossalarga va fiziologik funksiyalarga ega. Mikrofilamentlar ko‘proq aktin oqsilidan tuzilgan bo‘lib, hujayra harakati, qisqarish va membrana shakllanish jarayonlarida faol qatnashadi. Oraliq filamentlar mexanik mustahkamlikni ta’minlaydi hamda to‘qimalarning strukturaviy yaxlitligini saqlaydi. Mikronaychalar esa tubulin oqsilidan tashkil topib, hujayra ichida moddalarning tashilishi, mitoz hushtagi hosil bo‘lishi va kiprikchalar hamda xivchinlar harakatida ishtirok etadi. Sitoskelet tizimi faqat tayanch apparati emas, balki hujayra signalizatsiyasi, differensiallanish, migratsiya, immun javob, regeneratsiya va embrional rivojlanish jarayonlarida ham muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy sitologiya va molekulyar biologiyada sitoskelet elementlarining patologik o‘zgarishlari saraton, neyrodegenerativ kasalliklar, mushak distrofiyalari va irsiy sindromlar bilan bog‘liqligi aniqlangan. Mazkur maqolada sitoskeletning strukturaviy komponentlari, ularning ultrastrukturasi, molekulyar tashkil topishi va hujayra hayotidagi funksional ahamiyati keng yoritiladi.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor