O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA ISLOMIY MOLIYAVIY VOSITALARNI JORIY ETISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

20.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning institutsional asoslari hamda ularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Global miqyosda islomiy moliya sektorining barqaror o‘sishi, xususan sukuk bozori hajmining kengayishi muqobil moliyalashtirish mexanizmlariga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Tadqiqotda islomiy moliyaning asosiy instrumentlari — sukuk, murabaha, ijara va musharaka — nazariy jihatdan yoritilib, O‘zbekiston moliya tizimida ularni joriy etish imkoniyatlari statistik ma’lumotlar asosida baholandi. Shuningdek, normativ-huquqiy muhit, institutsional infratuzilma va kapital bozorining hozirgi holati tahlil qilinib, islomiy moliyaviy vositalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi va istiqbollari asoslab berildi.

Keywords: islomiy moliya, sukuk, murabaha, ijara, musharaka, kapital bozori, investitsiya instrumentlari, institutsional asoslar, barqaror moliyalashtirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor