O'ZBEKISTONNING GENDER TENGLIGI SOHASIDAGI ISLOHOTLARI

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi gender tengligi sohasidagi islohotlarning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqiladi. Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlashga, shuningdek, ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Qonunchilik va institutsional chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ayollarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ta'lim darajasini oshirish va zo'ravonlikdan himoya qilish kabi jihatlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro reytinglar bilan tasdiqlangan erishilgan natijalar, shuningdek, davom etayotgan muammolar, jumladan, gender ish haqi farqi va ayollarning rahbarlik lavozimlarida yetarlicha vakillik qilmasligi qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda gender siyosatini yanada rivojlantirish istiqbollari ko'rib chiqiladi.


05.05.2026 Volume Issue View more Download
A 2 BOSQICHIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHIDA REPRODUKTIV KO‘NIKMALAR

Mazkur maqolada A2 bosqichida ingliz tilini o‘qitishda reproduktiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinglab tushunish va o‘qib tushunish ko‘nikmalarining o‘rni, ularni shakllantirishda samarali metod va yondashuvlar yoritilgan. Kommunikativ, integrativ va vazifaga asoslangan yondashuvlar asosida mashqlar tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, A2 darajadagi o‘quvchilar uchun mos didaktik materiallardan foydalanish, strategiyalarni o‘rgatish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.


05.05.2026 Volume Issue View more Download
QISHLOQ XO'JALIGIDA IQTISODIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada O'zbekiston qishloq xo'jaligi sektorida iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va ularni takomillashtirish yo'llari tahlil qilingan. Tadqiqotda qishloq xo'jaligida bozor mexanizmlari, davlat tartibga solish choralari, dehqon va fermer xo'jaliklari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar, hamda mol-mulk munosabatlarining zamonaviy shakllari o'rganilgan. Natijalar qismida O'zbekiston qishloq xo'jaligida iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko'rsatkichlari taqqosiy jadvallar orqali tahlil qilingan va takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA IQTISODIY XAVFSIZLIKNING EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy xavfsizligi barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim jihati hisoblanadi. Biz maqolada korxonalarning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ekonometrik modellashtirishning ahamiyati va dolzarbligini ta'kidlaydigan ilmiy-nazariy va amaliy asoslar, gipotezalar, qonunlar va rivojlanish tendentsiyalarini, hamda Ishlab chiqarish korxonasining iqtisodiy xavfsizligini ekonometrik modelini ko’rib chiqiladi.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
ISLOMIY BANKLARDA RAQAMLI MIKRO-MOLIYALASHTIRISH TIZIMLARI VA ULARNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada islomiy banklarda raqamli mikro-moliyalashtirish tizimlarining nazariy asoslari, ularning iqtisodiy ahamiyati va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida islomiy moliyaning asosiy tamoyillari – riba (foiz) taqiqi, riskni taqsimlash, aktivlarga asoslangan moliyalashtirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillari raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Xususan, FinTech texnologiyalarining islomiy moliya institutlari faoliyatiga ta’siri, mikroqarzlar, mushoraka, mudaraba va murabaha asosidagi moliyalashtirish jarayonlarining raqamlashtirilishi, mobil banking, blockchain va sun’iy intellekt asosidagi kredit baholash tizimlarining joriy etilishi tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, Malayziya, Indoneziya, BAA va Saudiya Arabistoni tajribasi asosida raqamli islomiy mikro-moliyalashtirish modellarining amaliy jihatlari yoritilgan. Ushbu mamlakatlarda raqamli platformalar orqali moliyaviy xizmatlar ko‘lamining kengayishi, tranzaksiya xarajatlarining kamayishi va moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasining ortishi ilmiy asosda tahlil etilgan. Tadqiqot davomida 2021–2025 yillar kesimida global va mintaqaviy statistik ma’lumotlar asosida raqamli mikro-moliyalashtirish bozorining o‘sish dinamikasi ham ko‘rib chiqilgan.


30.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor