Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.
Mazkur maqolada gandbol sport turida chiziq o‘yinchilarining musobaqa faoliyati jarayonidagi texnik-taktik harakatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida uchta professional jamoaning (O‘zDJTSU, OTMK, ROPSTTM) chiziq o‘yinchilari tomonidan amalga oshirilgan hujumdagi texnik-taktik ko‘rsatkichlar statistik usullar yordamida o‘rganildi va ularning samaradorlik darajalari solishtirildi. Tadqiqot natijalari asosida chiziq o‘yinchilarining mashg‘ulot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu maqola gandbol sportida sakrovchanlikni rivojlantirish usul va vositalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda yosh gandbolchilarni sakrovchanlikni oshirish uchun samarali usullar va mashqlarni tahlil qilish orqali natijalar va uslublar aniqlangan. Maqolada sakrovchanlikni rivojlantirishda jismoniy sifatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan uslublar va mashg‘ulotlar tizimi ko‘rsatilgan.
Ushbu maqola malakali gandbolchilarni maxsus chidamliligini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va uning jismoniy tayyorgarlik darajasiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda 12 haftalik mashg‘ulotlar davomida maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun turli xil mashqlar amalga oshirilgan. Mashg‘ulotlar davomida maxsus chidamlilikning o‘ziga xos sifatlari, jumladan, tezkor-kuch va anaerob-laktat chidamliligi rivojlantirilgan.