ICHIMLIK REKLAMALARINING SOTSIOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ichimlik reklamalarining sotsiopragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ichimlik reklamalarida til vositalarining qanday maqsadlarda qo’llanilishi, auditoriya bilan samarali muloqot o’rnatish usullari atroflicha ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, reklamalarda madaniy qadriyatlar, steriotiplar va iste’molchilar bilan bog’liq kommunikativ strategiyalar qanday aks etishi o’rganiladi. Maqolada ichimlik reklamalari tili va uslubining jamiyatga moslashuvi va uning psixologik hamda lingvistik jihatlari ham yoritib berilgan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
YASHIL KIMYO: ATROF-MUHITGA ZARAR YETKAZMAYDIGAN SINTEZ USULLARINI TADBIQ ETISH SAMARADORLIGI.

Yashil kimyo zamonaviy kimyoviy sintezga innovatsion yondashuvni ifodalaydi va atrof-muhitga minimal zarar yetkazuvchi texnologiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu maqolada ekologik jihatdan xavfsiz sintez usullarini qo‘llash samaradorligi tahlil qilinib, atom iqtisodiyoti, hal qiluvchi (solvent) ishlatilmaydigan reaksiyalar va katalitik tizimlardan foydalanish orqali chiqindilar hosil bo‘lishining oldini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Biokataliz, mikroto‘lqinli nurlanish yordamida sintez va superkritik suyuqliklar kabi muqobil reaksiya usullari ekologik va iqtisodiy samaradorlik nuqtayi nazaridan baholanadi. Sanoat va ilmiy tadqiqot muhitida yashil kimyo tamoyillarini integratsiyalash natijasida energiya samaradorligi, resurslardan oqilona foydalanish va xavfli moddalarning kamayishi kabi muhim yutuqlarga erishilmoqda. Shuningdek, turli sintez yo‘llarining ekologik ta’sirini miqdoriy baholash maqsadida hayotiy sikl tahlili usullari qo‘llaniladi. Tadqiqot davomida zararli reagentlar o‘rniga barqaror muqobillar qo‘llangan muvaffaqiyatli yashil sintez strategiyalarining amaliy misollari tahlil qilinadi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
DOG‘IYNING AN’ANA VA IZDOSHLIKKA MUNOSABATI

Ushbu maqolada namanganlik shoir Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li Dog‘iyning lirik merosi haqida ma’lumot berilgan. Shoir she’rlarida mumtoz adabiyot an’analariga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Buning misoli sifatida Dog‘iyning hamd va na’tlari tahlil ostiga olindi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
KUTUBXONASHUNOSLIK VA ADABIYOTSHUNOSLIK O‘ZARO BOG‘LIQ JIHATI

Adabiyotshunoslik, badiiy asarlarni o‘rganadi, adabiy jarayonlarni o‘rganadi, tahlil qiladi va shuningdek, tarixiy rivojlanishini nazariy tahlil qiladi. Kutubxonashunoslik fani esa, axborot yig‘adi. Kutubxonashunoslik fani saqlash, tarqatish va tizimli yondashuvni ta’minlashga qaratilgan. Bu ikki soha o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning eng muhim jihati, bir tomondan, adabiyotning kutubxonalarda jamlanishi kutubxonashunoslarning adabiy merosni tizimlashtirishdagi asosiy funksiyasi hisoblanadi.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA RAQAMLI MARKETINGDAN FOYDALANISH INNOVATSION YONDASHUVLARI VA YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada globallashuv va raqamlashuv jarayonlari tadbirkorlik faoliyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa, raqamli marketing imkoniyatlari orqali mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga olib chiqish omillari ko’rib chiqilgan. Raqamli texnologiyalar vositasida tadbirkorlar mijozlar bilan yaqin aloqada bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda qanchalik muhim ekanligi tahlil qilingan. Bu maqolada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya, Yaponiya, Rossiya va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistonda tadbirkorlikda raqamli marketingdan foydalanishning innovatsion yondashuvlari va yo‘nalishlari tahlil qilingan.


05.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor