ATOIY DEVONIDA ETNONIMLARNING QO`LLANILISHI

Ushbu maqolada Atoiy devonida kelgan etnonimlar tahlil etiladi. Devonda uchraydigan etnik nomlar turli xalqlar, qabilalar bilan bog`liq bo`lib, ularning leksik-semantik va badiiy-estetik vazifalari yoritilgan. Shoir ijodida etnonimlarning qo`llanish uslubiyati hamda o`ziga xosliklari ochib beriladi. Etnik birliklarning qo`llashdagi Atoiyning badiiy mahorati yoritiladi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
DIABETIK NEFROPATIYA VA SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGIDA DISLIPIDEMIYANING PATOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
JASLAR TÁRBIYASINDA SÓYLEW MÁDENIYATINIŃ ORNI

Bul maqalada sóylew mádeniyatın jetilistiriw usılları, jaslar turmısındaǵı áhmiyeti sóz etilgen. Sonday-aq stilistika tarawı, túrleri, til bilimindegi ornı haqqında da maǵlıwmat berilgen.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
ARAB MATBUOTI SARLAVHALARINING IFODA SHAKLLARI VA ULARNING O‘ZBEK TILIDAGI MAZMUNIY TALQINI

Mazkur maqolada arab ommaviy axborot vositalarida maqola sarlavhalaridan namunalar keltirilgan, shuningdek ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari ham beriladi. Ushbu maqolada o‘quvchi uchun tarjima mahoratini oshirishga yordam beradigan ba’zi so‘zlarning lug‘aviy ma’nolari ham keltirib o‘tiladi. Keltiriladigan maqola orqali O‘zbekiston tarjimashunosligi rivoji uchun ma’lum darajada hissa qo‘shiladi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
JISMONIY CHEKLOVLARI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN PSIXOLOGIK YORDAM VA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada jismoniy cheklovlari bo‘lgan shaxslar uchun psixologik yordam va ijtimoiy himoya tizimini yanada yaxshilash masalalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslarning psixologik va ijtimoiy muammolarini, mavjud tizimning samaradorligini va uni takomillashtirish yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Maqola statistik ma’lumotlar, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar asosida yozilgan bo‘lib, psixologlar, ijtimoiy xodimlar va davlat organlari uchun foydali qo‘llanma bo‘lishi mumkin.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor