Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida ishlovchi tarmoq xavfsizligi tizimlari – Intrusion Detection System (IDS) va Intrusion Prevention System (IPS) algoritmlarining tarmoq tahdidlarini aniqlashdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. IDS/IPS tizimlarining an’anaviy metodlardan farqli jihatlari, sun’iy neyron tarmoqlar, mashinaviy o‘rganish (ML), chuqur o‘rganish (DL) va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) kabi SI uslublarini qo‘llash orqali tahdidlarni aniqlash aniqligi va tezligi tahlil qilinadi. Shuningdek, real vaqt rejimida ishlovchi zamonaviy SI-IDS/IPS tizimlarining afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi.
Mazkur maqolada tarmoq xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi IDS (Intrusion Detection System) va IPS (Intrusion Prevention System) texnologiyalarining ishlash prinsiplari, o‘zaro farqlari, afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, real tizimlarda bu texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi, zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashishdagi roli va optimal yondashuvlar keng yoritiladi.
Ishonchnoma va vakillik fuqarolik huquqining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib ular shaxslarning huquqiy munosabatlarida o’z manfaatlarini boshqalar orqali ifodalash imkonini beradi. Vakillik orqali vakil beruvchi, o’z manfaatlarini ishonchli shaxs orqali himoya qiladi, ishonchnoma esa ushbu vakolatni yozma ravishda tasdiqlaydi. Vakillik huquqning turli tarmoqlariga mos keladi. Shu o’rinda vakolat beruvchi vakilga ishonch bildirgan holda muhim vazifalarni bajarishni ishonib topshiradi. Quyida berilgan Koreya va Singapur davlatlarida ham vakillik va ishonchnoma, qulay va muhim huquqiy vosita bo’lib kelmoqda.
Mazkur maqolada sport menejmenti sohasida gender tengligi masalalari tahlil qilinadi. Unda ayollarning sport boshqaruvidagi ishtiroki, mavjud to‘siqlar, ilg‘or tajribalar va gender tengligini ta’minlash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqola sport tizimidagi adolatli va inklyuziv boshqaruvga erishish yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.