DIABETIK NEFROPATIYA VA SURUNKALI BUYRAK YETISHMOVCHILIGIDA DISLIPIDEMIYANING PATOFIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Diabetik nefropatiya (DN) —Qandli diabet kasalligiga xos bo‘lgan og‘ir asoratlardan biri bo‘lib, so’ngi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligi (SBBY)ning asosiy sababidir. Garchi mikro- va makroalbuminuriya DNni aniqlashda "oltin standart" bo‘lib kelgan bo‘lsa-da, yangi ma’lumotlarga ko‘ra, buyrak shikastlanishi siydikdagi albumin miqdori ortishidan ancha oldin boshlanadi. An’anaviy ravishda DNning oldini olish bo‘yicha klinik tavsiyalar qonda glyukoza miqdori, qon bosimi va lipid darajasini nazorat qilishga qaratilgan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBY)dagi dislipidemiya, asosan, triglitseridlarning ko‘payishi, yuqori zichlikdagi lipoprotein (YZLP) kamayishi va past zichlikdagi lipoprotein (PZLP) o‘zgaruvchan darajalari bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) almashinuvi buzilgan bo‘ladi. SBY rivojlanishi va uning davosi lipid almashinuviga ham ta’sir ko‘rsatadi va dislipidemiya holatini yanada og‘irlashtiradi. Ushbu patofiziologik mexanizmlarni chuqur tushunish — DN va SBYga chalingan bemorlar uchun lipidlar miqdorini optimal boshqarish va natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
BOSHLANG‘ICH SINFDA ONA TILI DARSLARIDA FOYDALANADIGAN INTERFAOL METODLARINING AHAMIYATI

Boshlang'ich sinflarda ona tili darslari nafaqat o‘quvchilarga savod o‘rgatish, balki ularning muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish va mustaqil qobiliyatlarni rivojlantirish, ijodiy fikrlashini shakllantirish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini o‘stirishga xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limda o‘qitish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilish uchun interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar o‘quvchilarning dars jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlaydi, ularning faolligini oshiradi va bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ АҲОЛИСИНИНГ АНЪАНАВИЙ ТУРМУШ ТАРЗИ (ҲУНАРМАНДЧИЛИК МИСОЛИДА)

Мақолада вўҳа аҳолисининг ҳаётида ҳунармандчилик ўзига хос хусусиятлари, улар билан боғлиқ этник хусусиятларининг ўрни, аҳоли томонидан олиб борилаётган ҳунармандчиликдаги турли хил ўзгаришлар, қолаверса ҳар бир этник гуруҳларнинг ҳунармандчиликдаги бошқасидан фарқли томонлари атрофлича ёритиб берилди.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
TALABALARNING ESTETIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH SIFATLARI VA BADIIY MADANIYATI

Bu maqolda talabalarning estetik madaniyatini rivojlantirish sifatlari va badiiy madaniyati va talabalarning badiiy-estetik savodxonligini oshirish jarayonida pedagogik muommolar haqida sóz etilgan.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
O`ZBEKISTONDA QUYOSH PANELLARI: YASHIL ENERGETIKAGA O`TISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda quyosh panellaridan foydalanish holati, davlat siyosati, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari va yashil energetikaga o‘tish istiqbollari yoritilgan. Quyosh energiyasining ekologik va iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilingan.


28.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor