This article analyzes the directions of multilateral formation and development of cultural diplomacy relations between the Republic of Uzbekistan and the Shanghai Cooperation Organization (SCO). Within the framework of the SCO, the role of Uzbekistan in regional integration will be highlighted through mutual cultural relations, educational programs, youth and art cooperation. The article examines the existing achievements, problems and prospects on the basis of scientific and analytical methods.
Mazkur maqolada Amir Temur va uning avlodlari – Shohrux Mirzo hamda Sulton Abusaid Mirzoning G‘arbiy hududlarga, xususan Ozarbayjon, Eron va Iroq tomonlaridagi yurishlari tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Harbiy yurishlarning asosiy sabablari, yurish jarayonidagi siyosiy voqealar, hududlar o‘zgarishi, hukmdorlar o‘rtasidagi kurashlar va ularning natijalari tahlil qilingan. Temuriylarning Ozarbayjon ustidan olib borgan siyosati va harbiy strategiyasi tarixiy bosqichlar asosida bayon etilgan.
Ushbu maqolada Alisher Navoiy tomonidan yozilgan “Sab’ayi Sayyor” dostoni asosida psixologik ifoda vositalari tahlil qilinadi. Unda asardagi qahramonlarning ichki kechinmalari, aqliy va hissiy kurashlari, tafakkurdagi o‘zgarishlar badiiy tasvir usullari orqali yoritilgan. Navoiy o‘zining yuqori badiiy mahorati bilan inson qalbidagi murakkab ruhiy jarayonlarni obrazlar vositasida aks ettirishga erishgan.
Qalqonsimon bez xiqildoq qalqonsimon tog’ayi ustida, bo’yinning oldingi yuzasida joylashgan. Qalqonsimon bez bo’yincha bilan birikkan 2 bo’lakdan iborat. Massasi taxminan 30 gr keladi. Qalqonsimon bez tiroksin gormoni ishlab chiqaradi. Tiroksin tarkibiga yod kirib, u qalqonsimon bezga tashqaridan (bu yerga qon oqimi bilan keltiriladi), oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvdan tushadi. Qalqonsimon bez moddalar almashinuviga ta’sir qiladi: normaga nisbatan ko’p miqdorda tiroksin ishlab chiqarilishi modda almashinuvining normal bo’lmagan oshib ketishiga olib keladi. Qalqonsimon bez funksiyasi pasayib ketganda va bu gormon yetarlicha ishlanmaganda, aksincha, moddalar almashinuvi pasayadi.
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari inson salomatligi uchun xavf-xatar manbai bo'lib, ularning orasida yurak porog'lari va gipertoniya alohida o'rin oladi. Yurak porog'lari yurak faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan holat bo'lib, u yurak to'qimalarining qoniqarsiz ta'minlanishi, yurakning ishlash qobiliyatining pasayishi bilan kechadi. Gipertoniya, yoki arterial bosimning doimiy ko'tarilishi esa, yurak va qon tomirlarga katta yuk tushuradi, ularning patologiyasiga olib keladi. Ushbu kasalliklarning profilaktikasi va davosi uchun to'g'ri diagnoz qo'yish, sog'lom turmush tarzini niyat qilish, dori-darmonlarni oqilona qabul qilish muhimdir. Maqola yakunida yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish bo'yicha tavsiyalar beriladi va ularning suiste'mol qilish asoratlarining oldini olishga qaratilgan amaliy maslahatlar keltiriladi.