MAMLAKATIMIZDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH BO’YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR VA UNGA QARSHI KURASHDA QO’LLANILGAN CHORALAR

Ushbu maqolada korrupsiyaning salbiy illatlari, uning vujudga kelish asoslari, jamiyat tanazzulida tutgan o’rni, korrupsiyaga qarshi kurashishda chet el davlati tajribalaridan foydalanish, korrupsiyaning oldini olishda ko’rilayotgan chora-tadbirlar xususida shuningdek, sud tizimi mustaqilligi va qonuniyligini mustahkamlashda ko’rilayotgan chora-tadbirlar hamda korrupsiyani oldini olishda mol-mulk deklaratsiyasining o’rni va roli to’g’risida so’z yuritilgan.


27.12.2025 Volume Issue View more Download
SAB'AI SAYYOR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARNI O'RGATISH METODIKASI: NAZARIY-AMALIY ASOSLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqola Alisher Navoiyning "Sab'ai Sayyor" dostonidagi hikoyatlarni taʼlim jarayonida oʻrgatishning nazariy-metodik asoslariga bagʻishlangan. Ikkinchi bobda dostonni oʻrganishda duch kelinadigan asosiy metodik muammolar tahlil qilinib, hikoyatlarning badiiy-gʻoyaviy xususiyatlarini ochib berishga qaratilgan usullar, shakllar va vositalar taklif etiladi. Maqolada oʻqituvchi suhbati, muammoli-dialog, izlanish, ijodiy topshiriqlar, klaster, Venn diagrammasi kabi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish boʻyicha aniq tavsiyalar berilgan. Shuningdek, dostonni oʻrganishda didaktik materiallardan, ayniqsa, matnni tahlil qilish, obrazlarni ochish va gʻoyaviy yoʻnalishni aniqlashga oid mashqlar hamda illyustratsiyalar, audio-video materiallardan foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.


27.12.2025 Volume Issue View more Download
QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI O‘SMIR SPORTCHILARDA YILLIK TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTLARINING BOSQICHMA-BOSQICH REJALASHTIRILISHINING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada 15–17 yoshli qisqa masofaga yuguruvchi sportchilarda yillik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini bosqichma-bosqich rejalashtirishning jismoniy tayyorgarlik darajasi va sport natijalariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot pedagogik eksperiment asosida olib borilib, sportchilar eksperimental va nazorat guruhlariga ajratildi. Eksperimental guruh mashg‘ulotlari umumiy, maxsus, musobaqa va o‘tish bosqichlari asosida tashkil etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulot tizimi qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bosqichli rejalashtirish tezlik, tezkorlik-kuch va umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining barqaror oshishiga olib keladi, jarohatlanish xavfini kamaytiradi hamda mashg‘ulot jarayonining tizimliligini ta’minlaydi.


27.12.2025 Volume Issue View more Download
SMART DESTINATIONS IN CENTRAL ASIA: LESSONS UZBEKISTAN CAN LEARN FROM GLOBAL MODELS

This study examines how Uzbekistan can adopt global smart tourism practices to create innovative, sustainable, and data-driven destinations in Central Asia. Using a comparative qualitative approach, the research examines three leading international smart destinations—Barcelona, Singapore, and Dubai—to identify lessons relevant to Uzbekistan’s tourism transformation under the “Digital Uzbekistan 2030” strategy. Data were collected from official reports, international databases, and government portals such as UNWTO, OECD, and Smart Dubai, focusing on technology use, governance models, sustainability, and visitor experience (UNWTO, 2023; OECD, 2024). The findings reveal that successful smart destinations rely on integrated digital infrastructure, cross-sector collaboration, and community participation. Uzbekistan has made progress with initiatives such as e-visas, digital tourism platforms, and heritage conservation projects but still faces challenges in infrastructure development, data integration, and digital literacy (State Committee for Tourism, 2024). The study recommends developing a national smart tourism strategy, expanding digital connectivity in rural areas, and adopting sustainable innovation models inspired by global best practices. This research contributes by adapting international smart destination frameworks to the Central Asian context and offering practical strategies that support Uzbekistan’s goal of becoming a regional leader in smart and sustainable tourism.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
XALQARO SUN’IY TILLAR VA ULARNING QO‘LLANILISH O‘RNI

Ushbu maqola interlingvistika fanining bir bo‘limi xalqaro sun’iy tillarning sotsiolingvistika fanida tutgan o‘rni va ularning shakllanishi, xalqaro sun’iy tillar, ularning ijtimoiy hayotda qo‘llanishiga bag‘ishlanadi. Maqolada xalqaro sun’iy tillarning “esparanto”, “Solserol” va “ro” turlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy tillarning jamiyatda tutgan o‘rni keng o‘rganiladi.


26.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor