29.08.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 8
Abstract. Mazkur maqolada davlat sektorida ichki nazorat va ichki audit tizimining iqtisodiy mohiyatamarali boshqarishdagi o‘rni hamda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlar o‘rganilgan. Tadqiqotda ichki nazorat va ichki auditning o‘zaro bog‘liqligi, davlat budjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash, budjet intizomini mustahkamlash, moliyaviy xatolar va qonunbuzilishlarning oldini olishdagi ahamiyati tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasida ichki audit xizmatlarini tashkil etish, ichki auditorlarni sertifikatlash, xavfga asoslangan auditni joriy etish, masofaviy nazoratni kengaytirish va audit jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha erishilgan natijalar baholangan. Tadqiqot natijasida davlat sektorida ichki nazoratning yagona metodologik modelini yaratish, ichki auditning funksional mustaqilligini kuchaytirish, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, raqamli audit va ma’lumotlar tahlilini keng joriy etish hamda audit tavsiyalarining bajarilishini avtomatik monitoring qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Keywords: davlat sektori, ichki nazorat, ichki audit, davlat moliyasi, budjet nazorati, moliyaviy boshqaruv, risklarni boshqarish, masofaviy audit, davlat auditi, raqamlashtirish, budjet intizomi, audit samaradorligi.