This research conducts a detailed exploration of fixed expressions used in Brené Brown's renowned TED Talk, "The Power of Vulnerability." Utilizing modern theories of formulaic language and discourse analysis, the study identifies three primary functions of these expressions: aiding cognition, fostering audience connection, and enhancing rhetorical impact. The analysis highlights how phrases like "here's the thing" and "you know" help organize ideas while creating a sense of natural conversation. These insights shed light on the interplay between cognitive efficiency and perceived authenticity in public speaking.
Bul maqalada búgingi kúnde mámleketimizde studentlerdiń fizikalıq tayarlıǵınıń talap dárejesinde bolıwı haqqında qayǵırıw jámiyet rawajlanıwınıń hár qanday basqıshında mámlekettiń aldınǵı wazıypalarınan biri esaplanadı. Dene tárbiyanıń quramlıq bólimlerine bekkem den sawlıq, jaqsı fizikalıq rawajlanıw, háreket qábiletleriniń optimal dárejesi, fizikalıq mádeniyat tarawındaǵı bilim hám kónlikpeler, salamatlastırıwshı dene tárbiya hám sport iskerligin ámelge asırıw jolların ózlestiriw sıyaqlılar kiredi.
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida, xususan “Agrobank” ATB misolida auditorlik dalillarini to‘plash, tahlil qilish va baholash amaliyoti chuqur tahlil etilgan. Auditorlik dalillari — bu auditorlik xulosasini shakllantirish uchun asos bo‘ladigan axborot va hujjatlardir. Ularning ishonchliligi, yetarliligi va vaqtida taqdim etilishi audit sifati va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda “Agrobank” ATBning amaldagi ichki audit tizimi, bank ichki nazorati va ma’lumotlar oqimining hujjatlashtirilish holati o‘rganilgan. Maqolada xalqaro audit standartlari (ISA 500 va boshqa tegishli normalar) asosida auditorlik dalillarini olishda zamonaviy yondashuvlar, xususan raqamlashtirish, blokcheyn texnologiyalari, avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari va xavfga asoslangan audit metodlari qo‘llanishining afzalliklari yoritilgan. Tadqiqot davomida “Agrobank”da mavjud bo‘lgan ayrim kamchiliklar – ichki axborot tizimlarining integratsiya darajasi pastligi, dalillarni avtomatik yig‘ish vositalarining yetishmasligi, auditorlar malakasining notekisligi — amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Maqolada auditorlik faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Jumladan, raqamli audit platformalarini joriy qilish, ichki auditni kuchaytirish, auditorlar malakasini xalqaro sertifikatlar asosida oshirish va axborot tizimlarini o‘zaro bog‘lash orqali dalillarni real vaqt rejimida olish imkonini beruvchi tizimlar ishlab chiqish zarurligi asoslangan.
Ushbu maqolada mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asoslari, tartib-qoidalari hamda mehnat qonunchiligida belgilangan me'yorlar chuqur tahlil qilinadi. Mehnat munosabatlarining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan shartnomani bekor qilish jarayoni, xodim va ish beruvchi huquq va majburiyatlari, shuningdek, bekor qilishning tashabbuskor tomoniga qarab yuzaga keladigan huquqiy oqibatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ish beruvchining tashabbusi bilan, xodimning arizasiga ko‘ra va tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida shartnoma bekor qilinishi holatlari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi normalari asosida tahlil etiladi. Shuningdek, mehnat shartnomasining noqonuniy bekor qilinishi holatlari va ularning oldini olish mexanizmlari ham yoritilgan. Mazkur maqola mehnat huquqi sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar, yuridik sohasi mutaxassislari hamda ish beruvchilar uchun foydali ilmiy-nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodining qadimiy va keng tarqalgan janrlari bo‘lgan maqol va matallarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning o‘zaro farqlari hamda har birining jamiyatda tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Maqol va matallar xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy mezonlari va estetik didini ifodalovchi vosita sifatida qaralib, ularning tuzilishi, ma’no chuqurligi va ishlatilish konteksti asosida tafovutlari aniqlanadi. Shuningdek, maqolda nasihat va umumlashtirilgan fikr kuchli bo‘lsa, matalda esa qisqalik, kinoya va obrazlilik ustuvor ekani misollar asosida ko‘rsatiladi. Maqola tilshunoslik, folklorshunoslik hamda madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan yozilgan bo‘lib, o‘zbek xalq ijodining boy merosini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.