Navoiyning «Muhokamat ul - lug‘atayn»idagi 100 ta fe’lning semantik xususiyatlarini o‘rganish nomli ushbu maqola, eski o‘zbek va fors tillarining semantik tizimini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Mazkur fe’llarning so‘z qirralari, ma’no kengligi, ularning ideografik sinonimlari hamda kontekstual antonimlari tahlil qilinadi. Shuning uchun ham mazkur fe’llarning qanday semantik xususiyatlari borligini o‘rganish maqolamizning maqsadidir. Ushbu maqolaning moddiy manbalari, asosan, Navoiyning o‘z asarlari va uning asarlariga bag‘ishlangan Turkiya, Eron va O‘zbekiston kabi davlatlarda chop etilgan kitoblardan unumli foydalanib, mazkur fe’llarning ma’nolari dastlab Navoiyning o‘z asarlarida hamda uning asarlariga bag‘ishlangan asarlar bilan birma-bir qiyoslanib, topilgan ma’nolar asosida, uning semantik xususiyatlari tahlil ostiga olinadi. Bundan tashqari, Navoiyning bu fe’llarni tanlashdan maqsadi, har bir fe’lning ko‘plab ma’nolarini ko‘rsatish va ularni bir-biriga bog‘lash orqali tilning ifodaviylik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga intilganligini ayniqsa, fe’llarning ma’nosidagi nozik farqlar va ularning kontekstual o‘zgaruvchanligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, Navoiyning tahlillari yordamida eski o‘zbek va fors tillaridagi fe’l va ularning semantik rang-barangligi haqida yangi ilmiy fikrlar va nazariyalar shakllantiriladi hamda Navoiyning tilshunoslikdagi yuqori bilimini va uning eski o‘zbek va fors tillari o‘rtasidagi semantik bog‘lanishlarni qanday chuqur o‘rganganini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat tashkilot va korxonalarida Axborot xavfsizlik monitoring markaz (Security operation center-SOC)larini joriy qilish istiqbollari hamda bu orqali kiberxavfsizlikni ta’minlashda erishiladigan natijalarni tahlil qilish ko‘zda tutilgan. Bunda zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlari orqali uzatiladigan xizmatlari uzluksizligini hamda ularning kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida eng zamonaviy yechimlar tahlil qilingan. Tadqiqot davomida davlat tashkilot va korxonalarida telekommunikatsiya infrastrukturasi apparat, dasturiy va apparatli-dasturiy vositalari xavfsizligini ta’minlash uchun axborot tizimining zamonaviy vositalar, funksional va tuzilmaviy ta’minotini monitoring qilishgacha bo‘lgan jarayonlar e’tiborga olingan.
Ushbu maqolada yosh gandbolchilarga o‘quv-mashg‘ulotlar o‘tkazish tamoyillari tahlil qilindi. Tadqiqotda 12-14 yosh va 15-17 yosh guruhlarida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar asosida jismoniy, psixologik va texnik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Mashg‘ulotlar har bir yosh guruhining ehtiyojlariga moslashtirilgan bo‘lib, individual va guruh yondashuvlari yordamida sportchilarning motivatsiyasi va texnik ko‘nikmalari rivojlantirilgan.
Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini rivojlantirishda multimediali materiallardan foydalanishning samaradorligini ochib beradi.Maqoladao‘qish darslarini zamonaviy texnologiyalar yordamida qiziqarli va samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.Muallif multimediali materiallar — hikoya, rasm, audio, video, animatsiya va interaktiv topshiriqlar orqali dars jarayonini boyitish imkoniyatlarini tahlil qilgan. Shuningdek, darslarda elektron kitoblar, o‘qish portallari, audio kitoblar va videoroliklardan foydalanishning metodik afzalliklari va ularni tanlash mezonlari keng yoritilgan.
Статья посвящена анализу институциональных механизмов научно-технического взаимодействия в рамках СНГ, ЕАЭС и Союзного государства. Рассматриваются формы координации научной политики, деятельность профильных органов и программ, обеспечивающих интеграцию науки и экономики. Выделены существующие ограничения и предложены подходы к совершенствованию кооперационных механизмов.