Gripp – o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, u umumiy zaharlanish bеlgilari, tana haroratining ko‘tarilishi, yuqori nafas yo‘li, yurak qon-tomir va asab sistеmasining zararlanishi kabi alomatlar bilan tavsiflanadi. Gripp virusi odamlar orasida doimiy aylanib yurib, xar 2-3 yilda epidеmiya bеrib turadi. Bu epidеmiyalar virusning turli xil sеrologik variantlari tomonidan chaqiriladi. A - virusining yangi sеrotiplari paydo bo‘lganda esa (xar 10-30 yilda) pandеmiya sodir bo‘ladi. A virusini turli har xil uzoqqa uchuvchi qushlar va hayvonlarga o‘tishi va ulardan odamlarga o‘tishi kuzatilgan. Bu holat virusning yangi sеrotiplarini paydo bo‘lishida asosiy omil bo‘lsa, ajab emas.
Tanosil yuqumli kasalliklar asosan ko‘pchilik hollarda odamlarga jinsiy aloqa paytida yuqadi. Yaqingacha faqat zaxm, so‘zak, yumshoq shankir, venerik limfogranulema va donovoz tanosil kasalliklari deb yuritilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga qaraganda oxirgi 10 yil ichida , jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar soni 20 oshib ketdi. Ushbu bo‘limda biz asosan klinik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan venerik kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi bilan tanishib chiqamiz.
Ushbu maqolada Buxoro hududida islom dinining kirib kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotdagi o‘rni, shuningdek, mahalliy aholi tomonidan islom e’tiqodiga nisbatan bo‘lgan munosabat tarixiy jarayonlar asosida tahlil etiladi. Buxoroning “Islom gumbazi” sifatida shakllanishi, sovet davrida e’tiqodga bo‘lgan bosim va mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning tiklanish jarayoni ilmiy asosda yoritilgan.
Ushbu maqolada islom dinining Movarounnahr hududiga kirib kelishi, uning dastlabki davrdagi tarqalish jarayoni, mahalliy aholining e’tiqodga bo‘lgan munosabati va islomning bu mintaqada mustahkamlanish omillari tahlil etilgan. Shuningdek, islomning siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotga ko‘rsatgan ta’siri tarixiy manbalar asosida yoritiladi.