O'ZBEK TILI KORPUSIDA FILOLOGIK TERMINLAR BAZASINI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY AHAMIYATI

Oʻzbek tili korpusida filologik terminlarni tadqiq qilish milliy til va adabiyot rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola Oʻzbek tili korpusidagi filologik terminlarning lingvistik tahlil usullari, ularning leksik-semantik xususiyatlari hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan tarzda oʻrganish imkoniyatlarini yoritishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy terminlarning korpusdan foydalangan holda tizimli tasnifi, ularni tarjimada qoʻllashda yuzaga keluvchi muammolar va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari lingvistik sohada yangi yondashuvlarni shakllantirish va filologik maʼlumotlarning aniqroq qayta ishlanishiga hissa qoʻshishi mumkin.


25.12.2024 Volume Issue View more Download
MIRZO ULUG'BEK FAOLIYATI VA ILMIY MEROSINING XORIJIY TARIXSHUNOSLIKDA O'RGANILISHI

Ushbu maqolada Mirzo Ulugʻbek ilmiy merosi va faoliyatining xorijiy tarixshunoslikda o'rganilishi masalalari tahlil qilingan. Xorijiy olimlarning Mirzo Ulugʻbek ilmiy merosiga oid tadqiqotlari, nashr etilgan asarlari va ilmiy xulosalari qiyosiy tahlil etilgan. Shuningdek, xorijiy tarixshunoslikda Mirzo Ulugʻbek shaxsi va ilmiy faoliyatiga berilgan baholar hamda yondashuvlar o'rganilgan.


25.12.2024 Volume Issue View more Download
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA VA TERRORIZMNI MOLIYALASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI TASHKIL ETISH

Mazkur maqolada jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish tushunchalari, shuningdek ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish xususida so’z yuritiladi.


25.12.2024 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA O‘YINLARNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida o‘yinlarning nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. O‘yinlarning bolalar rivojlanishiga ta’siri, ta’limiy o‘yinlar turlari va ularni qo‘llash usullari tahlil qilingan.


25.12.2024 Volume Issue View more Download
XALQ OG‘ZAKI IJODIDA MEHNAT QО‘SHIQLARI

Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodidagi mehnat qo‘shiqlari folklor jamoalarning ijrosida aytilib kelinayotgan Kavushim, Oshpaz qо‘shig‘i, Novoylar qо‘shig‘i, Xavor-xavor, Temirchi, Dо‘ppim va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.


24.12.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor