В статье рассматривается роль мобильных приложений в обучении русскому языку как иностранному. Автор подчёркивает методический потенциал цифровых технологий для развития языковых навыков и повышения мотивации обучающихся. Особое внимание уделяется практическим примерам применения мобильных приложений, а также проблемам и перспективам их интеграции в образовательный процесс.
Ushbu maqolada hududlarning investitsion jozibadorligi masalalari, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri va mavjud muammolar ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati yuqori bo‘lgan hududlaridan biri — Navoiy viloyati tanlandi. Viloyatning tabiiy resurslari, ishlab chiqarish quvvatlari, geostrategik joylashuvi va kadrlar potensiali uning investitsion jozibadorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, tadqiqot jarayonida mavjud muammolar – infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, energetika va transport-logistika tizimidagi cheklovlar, byurokratik to‘siqlar, moliyalashtirish manbalarining cheklanganligi, innovatsion faoliyatning sustligi va ekologik xatarlar aniqlab berildi. Maqolada ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan: davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma modernizatsiyasini jadallashtirish, investitsion jarayonlarda “yagona oynali” tizimni keng joriy etish orqali tartib-taomillarni soddalashtirish, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kichik va o‘rta biznes uchun kredit va grant mexanizmlarini kengaytirish. Shuningdek, viloyat sanoatida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “yashil iqtisodiyot” dasturlarini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Ushbu maqolada harakatlanish hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kinetik energiyani elektr energiyasiga aylantirishning asosiy usullari — piezoelektrik, magnit-induksiya va triboelektrik effektlar asosida ishlab chiqilgan tizimlar yoritib beriladi. Harakatdan energiya olishning zamonaviy amaliyotdagi misollari, ekologik afzalliklari va iqtisodiy samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyaning barqaror energetika tizimlari rivojiga qo‘shadigan hissasi va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr yuritiladi.
Mazkur maqolada zyudo sport turining shakllanishi, texnik va taktik uslublari, ularni o‘rgatish metodikasi hamda sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Zyudoning asosiy texnik elementlari – yiqitish, ushlab turish, bo‘g‘ish va qaytarma usullar, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda zyudo sport turining rivojlanish bosqichlari va bugungi kundagi yutuqlari haqida ham ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu ilmiy maqolada zyudo sport turining tarixi, rivojlanish bosqichlari, texnika va taktik xususiyatlari, O‘zbekistonda keng yoyilishi, xalqaro yutuqlari hamda jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada sport nazariyasi va amaliyotidagi dolzarb masalalar, yoshlar tarbiyasida sportning o‘rni va zyudoning zamonaviy ahamiyati yoritilgan.