Sovet hukumati davridagi qatag‘on siyosati XX asr tarixining eng ta’sirchan va bahsli mavzularidan biridir. Ushbu maqola Sovet Ittifoqi hukumatining qatag‘on siyosatini boshqaruv vositasi sifatida qo‘llashini o‘rganish orqali, totalitar rejimlarning fuqarolik jamiyati hamda shaxsiy huquq va erkinliklar ustidan qanday nazorat o‘rnatganini tahlil qiladi. Sovet qatag‘onlari bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘sha davrda millionlab oddiy fuqarolar hayotiga qatag‘onning qanday ta’sir ko‘rsatganligini aniq tushunish imkonini beradi. Bu tahlillar orqali zamonaviy demokratik jamiyatlar qatag‘on siyosatlari qo‘llanilgan o‘tmishdan qanday saboq olish mumkinligini ko‘rib chiqish mumkin. Shuningdek, ushbu tadqiqotlar hozirgi va kelajak avlodlarga o‘z hukumatlarining harakatlarini kuzatib borishning muhimligini eslatadi va shu orqali adolatli jamiyat qurish yo‘lidagi zaruriyatni ta’kidlaydi. Shunday qilib, Sovet Ittifoqi misolida totalitarizmning inson huquqlari va erkinliklariga ta’siri haqida chuqur tasavvurlar hosil qilish va bunday siyosatning kelgusida qo‘llanilishining oldini olishga harakat qilish muhim ahamiyatga ega.
Bul maqalada shaxstı sóylesiw usılına úyretiwdiń psixologiyalıq ózgeshelikleri keńnen sáwlelendirilgen. Qarım-qatnastıń mánisi, onıń informaciyalıq, affektiv, regulyativlik hám interaktiv funkciyaları haqqında ilimiy qatnas tiykarında maǵlıwmat beriledi.Shaxstıń jas dáwirleri,individual psixologiyalıq ózgeshelikleri, temperament, emocional intellekt hám motivaciyanıń qatnasıq kónlikpelerin qáliplestiriwdegi ornı analiz etilgen. Sóylesiwge úyretiwdiń nátiyjeli usılları - psixologiyalıq treningler, dialogli qatnas, aktiv tińlaw texnikası hám noverbal kommunikaciya shiniģiwları, misallar menen túsindiriledi. Izertlew nátiyjeleri soni kórsetedi, shaxstıń kommunikativ kompetenciyasın rawajlandırıw kóp faktorlı, kompleksli psixologiyalıq process bolıp, onı jas ózgeshelikleri hám individual temperamentke sáykes etip shólkemlestiriw joqarı nátiyje beredi.
Mazkur maqolada Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy hayoti, ilmiy-ma’rifiy merosi hamda uning mashhur falsafiy asari — Fozil odamlar shahri (“Al-Madina al-fadila”)ning mazmun-mohiyati falsafiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, Forobiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, jamiyat va davlat haqidagi konsepsiyasi, fozil inson timsoli hamda ideal jamiyat modeli yoritiladi. Shuningdek, asarda ilgari surilgan axloqiy fazilatlar, rahbar shaxsiga qo‘yilgan talablar, ilm va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni kabi masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Maqolada Forobiy ta’limotining antik falsafa, xususan Aristotel hamda Platon qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi hamda mutafakkirning Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi asoslanadi. “Fozil odamlar shahri” asari misolida ideal jamiyat va komil inson g‘oyasining nazariy asoslari, ularning bugungi globallashuv sharoitidagi dolzarbligi ilmiy tahlil etiladi. Natijada Forobiyning siyosiy-falsafiy qarashlari insonparvarlik, adolat, ma’naviy barkamollik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillariga asoslangani, uning ideal jamiyat haqidagi ta’limoti zamonaviy fuqarolik jamiyati konsepsiyalari bilan uyg‘un jihatlarga ega ekani xulosalanadi.
Ushbu maqolada Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” asarida tasvirlangan ayollar obrazi, jumladan, Amir Temurning kelini, Ulug’bekning onasi Gavharshodbegim obrazi hayoti va jamiyatdagi o’rni ko’rsatib beriladi hamda yosh avlod tarbiyasi borasidagi qimmatli fikr-mulohazalari keltiriladi.
This article analyzes the status of the mass media in society, the features of their use as a means of influencing the public consciousness, and the lexical units used by language speakers. Also, active and passive verbalizers used in communication through newspapers, magazines, radio, and television are structurally and semantically studied.