UMUMSHAHAR IQLIM NAZORATI: SHAHAR MUHITIDA MIKROIQLIMNI MUHANDISLIK YO‘LI BILAN BARQARORLASHTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada shaharlarda yuzaga kelayotgan mikroiqlim o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq ekologik muammolar muhokama qilinadi. Asosiy e’tibor muhandislik asosidagi yechimlarga — yashil tomlar, aqlli ventilyatsiya tizimlari, aerodinamik loyihalash, suvni qayta aylantirish tizimlari kabi yondashuvlarga qaratilgan. Shahar iqlimini nazorat qilish orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llari tahlil qilinadi.


26.05.2025 Volume Issue View more Download
ATOV GAPLAR VA ULARNING QOʻLLANILISHI

Ushbu maqolada atov gaplarning ma’nosi, shakllanishi va maktab darsliklarida ularning qo‘llanilish usullari o‘rganildi. Atov gaplar nutqni yanada jonlantirish, ta’sirchanlikni oshirish va mavzuni aniq ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Tadqiqotda atov gaplarning turli turlari tahlil qilinib, ularni o‘quvchilarga samarali o‘rgatish metodikalari ko‘rib chiqildi. Mashqlar yordamida atov gaplarni to‘g‘ri qo‘llash usullari va darsliklardagi misollar tahlil qilindi. Natijalar atov gaplarni o‘rgatish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin.


26.05.2025 Volume Issue View more Download
MOVOROUNNAHR MUSULMONLAR IDORASINING 1993-1996-YILLARDAGI FAOLIYATI: MUHIM VOQELIKLAR, OʻZGARISHLAR VA YANGI DAVR

1993-yilda Movarounnahr musulmonlari idorasi tizimida muhim oʻzgarish-muftiy, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning isteʻfoga chiqishi va uning oʻrniga yangi muftiy tayinlanishi yuz berdi. Ushbu voqea idora tarixidagi muhim bosqich boʻlib boʻlib, 1996-yilgacha boʻlgan davr, hozirgi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimining shakllanishida soʻngi bosqich hisoblanadi. Mazkur maqolada bu davrda yuz bergan muhim voqeliklar, tarixiy hodisalar va ularning tahlili haqida soʻz boradi.


26.05.2025 Volume Issue View more Download
GUL NOMLARI VA ULARNI IFODA ETUVCHI SO‘ZLARNING SEMANTIK TAHLILI. GUL NOMLARINI LISONIY TADQIQ QILISH YO‘LLARI: ALISHER NAVOIY ASARLARI MISOLIDA

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi gul nomlari va ularni ifoda etuvchi so‘zlarning semantik xususiyatlari o‘rganiladi. Leksik-semantik tahlil asosida gul nomlarining milliy-madaniy xususiyatlari, obrazlilik darajasi hamda ularning metaforik va poetik ma’noda qo‘llanish holatlari yoritiladi. Mumtoz adabiyotda, ayniqsa Alisher Navoiy she’riyatida, gul obrazining poetik, ramziy va semantik jihatdan teran qo‘llanishi kuzatiladi. Shu sababli gul nomlarini faqat botanik terminlar sifatida emas, balki semantik struktura, poetik timsol, va lingvokulturologik birlik sifatida tadqiq qilish muhimdir. Shuningdek, turli adabiy manbalarda gul nomlarining sinonim, antonim, metafora va metonimiya kabi usullar bilan qanday ifodalangani tahlil qilinadi.


26.05.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONDA MUZEYLAR TARIXI

Ushbu maqolada Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatidagi yangi davr haqida ma’lumot beradi.


26.05.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor