Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yaponiya vayronaga aylangan davlatlardan biri edi. Ammo oradan atigi 20–30 yil o‘tgach, bu mamlakat jahonning yetakchi iqtisodiyotlari safidan joy oldi. Bu holat tarixda “Yapon mo‘jizasi” nomi bilan tilga olinadi. Ushbu mo‘jiza nafaqat iqtisodiy yuksalishni, balki siyosiy va madaniy jihatdan ham taraqqiy etgan model bo‘lib, u dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan
Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari inson salomatligi uchun xavf-xatar manbai bo'lib, ularning orasida yurak porog'lari va gipertoniya alohida o'rin oladi. Yurak porog'lari yurak faoliyatining buzilishi natijasida yuzaga keladigan holat bo'lib, u yurak to'qimalarining qoniqarsiz ta'minlanishi, yurakning ishlash qobiliyatining pasayishi bilan kechadi. Gipertoniya, yoki arterial bosimning doimiy ko'tarilishi esa, yurak va qon tomirlarga katta yuk tushuradi, ularning patologiyasiga olib keladi. Ushbu kasalliklarning profilaktikasi va davosi uchun to'g'ri diagnoz qo'yish, sog'lom turmush tarzini niyat qilish, dori-darmonlarni oqilona qabul qilish muhimdir. Maqola yakunida yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish bo'yicha tavsiyalar beriladi va ularning suiste'mol qilish asoratlarining oldini olishga qaratilgan amaliy maslahatlar keltiriladi.
Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.
This article analyzes the artistic and philosophical interpretation of nature in Norkobil Norkobilov’s novella “The Dog of the Thicket.” The natural imagery—thicket, cold, and darkness—is used to reflect the protagonist’s alienation from society, inner suffering, and existential loneliness. The dog represents a marginalized individual whose silent resistance and emotional depth unfold through symbolic landscape descriptions. Nature in the story acts not as a backdrop but as a psychological and symbolic layer of meaning.