Ushbu maqolada dentinogenez - ya’ni dentin to‘qimasining shakllanish jarayoni va uning murakkab biologik asoslari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada dentinning rivojlanish bosqichlari, odontoblastlar faoliyati, genetik va epigenetik omillarning dentin hosil bo‘lishidagi o‘rni batafsil yoritilgan. Shuningdek, dentinogenez jarayonining buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar, jumladan, dentinogenezis imperfekta, gipomineralizatsiya va boshqa irsiy hamda orttirilgan patologiyalar tahlil qilinadi. Har bir kasallik turi alohida o‘rganilib, unda yuzaga keladigan to‘qima o‘zgarishlari, klinik belgilari, diagnostik usullari va zamonaviy davolash yo‘llariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqola dentin hosil bo‘lishidagi fiziologik va patologik mexanizmlarni solishtirish orqali klinik stomatologiyada samarali tashxis va davolash strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qon organizmning eng muhim to’qimalaridan biridir. Qon, limfa va to’qimalar aro suyuqligi organizmning ichki muhitini tashkil qiladi. Organizmning barcha to’qima va hujayralari fizik-kimyoviy xossalari va tarkibi nisbatan doimiy bo’ladigan ana shu suyuqliklarning muhitidagina normal yashay oladi. Issiq qonli (gomoyoterm) hayvonlar qoni uzoq davom etgan evolyutsiya mahsulidir. Oddiy bir hujayrali hayvonlarda qon yo’q. Ular hayoti uchun zarur moddalarni hujayra po’sti orqali oladi, chiqindi keraksiz moddalarni ham ana shu yo’l orqali chiqarib tashlaydi. Zoologik silsilaning pastki bosqichlarida turadigan hayvonlarning tomirlari ichida suvsimon suyuqlik-gidrolimfa oqadi. Uning tarkibida oqsillar va boshqa azotli moddalar kam bo’ladi. Bir muncha yuqoriroq taraqqiy etgan hayvonlarda gemolimfa paydo bo’ladi.
This article analyzes the artistic and philosophical interpretation of nature in Norkobil Norkobilov’s novella “The Dog of the Thicket.” The natural imagery—thicket, cold, and darkness—is used to reflect the protagonist’s alienation from society, inner suffering, and existential loneliness. The dog represents a marginalized individual whose silent resistance and emotional depth unfold through symbolic landscape descriptions. Nature in the story acts not as a backdrop but as a psychological and symbolic layer of meaning.
Ушбу мақола олий таълим институтлари, академик лицей ва коллежлар ҳамда умумтаълим мактабларида матншунослик ва адабий манбушунослик алоқадор фанлар ўқитувчилари ва адабиётга қизиққан ҳар бир киши учун ХVII асрнинг иккинчи ярмида Тошкентда таваллуд топган маш¬ҳур файласуф шоир ва мутасаввуф олим-Мавлоно Хароботий ҳақида, унинг бизгача етиб келган “Куллиёт”, “Маснавийи Хароботий” ва “Рисолаи фақрийя” асарларида шариатнинг фиқҳга оид масалалари, тасаввуфнинг асосий қоидалари, одоб-ахлоқ ҳамда ҳаётга нисбатан бўлган фалсафий муносабатлари маснавий усулида баён этилгани ва комил инсонни тарбиялаш йўлидаги аҳамияти ҳақида маълумот беради.