XALQARO HUQUQ VA UNING NIZOLARINI HAL QILISH, TINCHLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Ushbu maqola Xalqaro huquq tushunchasi, xalqaro huquqning global barqarorlikni ta`minlashdagi siyosiy o`rni, hamda xalqaro va milliy huquqning o`zaro aloqasi tahlil qilinadi. Bundan tashqari maqolada Xalqaro huquqning tinchlikni saqlashdagi asosiy printsiplari Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi xalqaro huquqiy mexanizmlar,xalqaro tashkilotlarning ayni shu sohadagi olib borayotgan faoliyati,bugungi kundagi xalqaro nizolar va ularning sabablari tahlil qilinadi.


26.11.2024 Volume Issue View more Download
SUN’IY INTELLEKTNING HUQUQIY ASPEKTLARI: INTELLEKTUAL MULK HUQUQI

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi bilan birgalikda, u tomonidan yaratilgan intellektual mulk obyektlarining huquqiy maqomi dolzarb masalaga aylanmoqda. O‘tgan asrda sodir bo‘lgan misli ko‘rilmagan kashfiyotlar va sun’iy intellektning rivojlanishi bugungi kunda nafaqat ilm-fan va texnologiyalar sohasini, balki huquqiy tizimni ham o‘zgartirmoqda. Sun’iy intellektning o‘zi mustaqil ravishda internetdagi mavjud ma’lumotlar asosida ixtirolar yaratishi, asarlar yozishi va tasviriy san’at asarlarini yaratishi natijasida, ushbu texnologiya tomonidan ishlab chiqarilgan asarlarni mualliflik huquqi bilan himoya qilish masalasi yuzaga kelmoqda. Maqolada sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan intellektual mulk huquqi obyektlarining huquqiy maqomini belgilashdagi murakkabliklar, jahon qonunchiligi va amaliyotidagi tafovutlar hamda bu texnologiyaning iqtisodiy va ijtimoiy foydalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur muammoni hal qilish uchun zarur bo‘lgan qoidalar va huquqiy tartibotlarning shakllanishi yuzasidan tavsiyalar beriladi.


26.11.2024 Volume Issue View more Download
O'ZBEKISTONDA ISHSIZLIK VA YALPI ICHKI MAHSULOTNING O'SISHI, TOSHKENT SHAHRINI OPTIMALLASHTIRISH VA VAQT QADRI

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda ishsizlik va yalpi ichki mahsulotning oʻsishi, Toshkent shahrini optimallashtirish va vaqt qadri masalalariga to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida ijtimoiy va tabiiy resurslarning inson hayotida muhimligi yoritib berilgan.


25.11.2024 Volume Issue View more Download
ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING KESH HOTIRASI VA UNING TASHKIL ETILISHI

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuterlarning kesh hotirasi va uning tashkil etilishi haqida keng qamrovli tahlil keltirilgan. Kompyuter arxitekturasi, kesh hotirasining vazifasi, turlari, va uning ishlash prinsiplari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, kesh hotirasining ishlash tezligini oshirish va umumiy kompyuter tizimining samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada kesh hotirasi texnologiyalarining evolyutsiyasi va zamonaviy kompyuterlarda qo‘llanilishi, shuningdek, uning dasturiy ta’minot va apparat tizimlari bilan aloqasi haqida ham ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola kompyuter texnologiyalariga qiziqqan talaba, ilmiy xodimlar va mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


25.11.2024 Volume Issue View more Download
MUALLIFLIK HUQUQINI BUZILISH HOLATLARI

Ushbu maqolada mualliflik huquqining kelib chiqishi, uning ahamiyati, unga zamonaviy texnologiyalarning ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, maqolani yozishda bir nechta internet manbalaridan foydalanilgan. Ma’lumotlarning ishonchliligini aniqlashda SIFT uslubidan foydalanildi. Bugungi kunda har kimda axborotdan erkin foydalanish va axborotni erkin tarqatish huquqi bor lekin qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Internetning rivojlangani sababli har kim bugungi kunda oʻz aqliy faoliyati orqali yaratgan intellektual mulkni internetda e'lon qilishi, tarqatishi mumkin. Afsuslanarli holat shuki, internetda chop etilgan ko‘plab ma'lumotlarni muallifning ruxsatisiz foydalanish, tarqatish, muallifni shu intellektual mulkni egasi sifatida e'tirof etmasdan yoki referal bermasdan foydalanish holatlari koʻp uchrayapti. Tarixga nazar solsak bu kabi holatlar oldinlari ham sodir boʻlgan biroq texnologiya va internetning rivojlanishi orqali bu kabi holatdan aziyat chekkanlar soni yanada koʻpaydi. Bu mavzuda tahlil olib borishdan sabab esa bugungi kunda nafaqat Oʻzbekistonda balki butun dunyoda bu kabi holatlar sodir boʻlishini va fuqorolarning huquqlari buzilishini oldini olishdir. Chunki muallif intellektual mulkni yaratishga qanchadan-qancha mehnat qiladi kimdir buni muallifning ruxsatisiz foydalanishi adolatsizdir.


25.11.2024 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor