Mazkur maqolada iqtisodiy barqarorlik tushunchasi, uning asosiy omillari va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Pul-kredit siyosati, budjet muvozanati va tashqi savdo kabi muhim yo‘nalishlar asosida barqarorlikni ta’minlash yo‘llari tahlil qilingan. Iqtisodiy barqarorlikning ijtimoiy hayotga, xususan, bandlik va investitsion muhitga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamda ularning natijalari haqida misollar asosida tushuncha berilgan. Ushbu maqola barqaror va farovon jamiyat qurish yo‘lida iqtisodiy muvozanatning nechog‘lik muhimligini ochib beradi.
Turkiyada Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlar faol ravishda amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbek adabiyotshunoslari bu tadqiqotlarni o‘rganib, tahlil qilib ular haqida bir qancha maqola va dissertatsiyalar yaratganlar. Ushbu maqolada turk navoiyshunosligi haqida yurtimizda amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.
Ushbu maqola “O‘zbekiston Energetikasining kelajagi va unga Innovatsion Yechimlar” mavzusida O‘zbekiston energetikasidagi muammolarni hal qilish uchun kichik modulli reaktorlar (SMR), quyosh va shamol energiyasini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolaning asosiy maqsadi – ushbu barqaror energiya manbalarini quvvati, ekologik ta’siri, xarajati va mahalliy sharoitlarda qo‘llash imkoniyatlari solishtirilib, innovatsion yechimlar taklif qilishdir. Tadqiqotda solishtirish usuli va mahalliy kuzatuvlar asosida tahlil olib borildi. Natijalarda SMR’larning barqaror bazaviy yuk ta’minlashi, quyosh energiyasining tezkor o‘rnatilishi va shamol energiyasining ekologik afzalliklari aniqlangan, ammo ularning kamchiliklari (chiqindilar, ob-havoga bog‘liqlik) ham ko‘rib chiqilgan. Innovatsion yechim sifatida uchalasini birlashtirish orqali energiya taqchilligini kamaytirish taklif qilinadi.
Maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichidagi o‘quvchilarda nozik motorika (fine motorika) faoliyatining rivojlanishi tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali tahlil qilinadi. Nozik motorika tushunchasining ilmiy asoslari, uning psixofiziologik mohiyati va ta’limiy jarayonda qo‘llanilish zarurati asoslab beriladi. Mazkur maqolada o‘quvchilar qo‘llaridagi mushak faoliyatini, barmoqlar koordinatsiyasi va harakat aniqligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi amaliy topshiriqlar va ularning pedagogik samaradorligi yoritiladi.