Maqolada iqtisodiy xavfsizlik tushunchasi, uning asosiy komponentlari va tahdidlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston misolida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning davlat, hududiy va korporativ mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, global va mahalliy iqtisodiy muammolar, raqamli transformatsiya va innovatsiyalar kontekstida xavfsizlikni mustahkamlash strategiyalari taqdim etiladi.
Maqolada ko‘chmas mulk bozori infratuzilmasi tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari va iqtisodiyotdagi samaradorlikka ta’siri tahlil qilingan. Infratuzilma elementlari sifatida kadastr tizimi, moliya institutlari, sug‘urta tashkilotlari, ko‘chmas mulk agentliklari va axborot platformalarining iqtisodiy mexanizmlardagi o‘rni o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan infratuzilma ko‘chmas mulk bozorida investitsion muhitni yaxshilaydi, bitimlar shaffofligini oshiradi hamda iqtisodiy o‘sishni tezlashtiradi.
В статье рассматриваются ключевые направления государственной политики Республики Казахстан в области снижения молодёжной безработицы. Анализируются современные тенденции рынка труда, динамика показателей занятости и эффективность реализуемых программ. Особое внимание уделено инновационным подходам в сфере цифровизации, предпринимательства и партнёрства государства, бизнеса и системы образования.
Maqolada aholi hayotining sifatini yaxshilash omili sifatida qishloq joylarida zamonaviy uy-joy qurilishining dastlabki bosqichi yoritilgan. Qishloq joylarida tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiq, uy-joy massivlarini qurish ishlari namunaviy loyihalar asosida, muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi ob’ektlari bilan birgalikda barpo etilganligiga to’xtalgan.
Ushbu maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida baholash xizmatlari sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Baholash xizmatlarining iqtisodiy tizimdagi roli, sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi mezonlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari baholash jarayonlarida samaradorlikni oshirish, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga qaratilgan.