Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarining xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha moliyaviy operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish, ularni tahlil qilish va samarali auditini tashkil etish bo‘yicha mavjud holat chuqur o‘rganilgan. Xususan, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining yildan-yilga oshib borayotgani, raqamli moliyaviy texnologiyalar (fintex), onlayn to‘lov tizimlari va elektron bank xizmatlarining kengayishi fonida banklar uchun ushbu operatsiyalarni aniqlik, tezlik va xavfsizlik talablariga muvofiq boshqarish dolzarb masalalardan biri sifatida ko‘riladi. Maqolada banklar tomonidan SWIFT tizimi, ISO 20022 xabar almashinuvi standarti, blokcheyn texnologiyalari va avtomatlashtirilgan komplayens nazorati kabi ilg‘or yondashuvlarni joriy etish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarining hisob va audit jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Ushbu ilmiy ish bank-moliya sohasidagi mutaxassislar, buxgalterlar, auditorlar va regulyatorlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, moliyaviy shaffoflikni oshirish va tavakkalchiliklarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Ушбу мақолада Совет ҳукумати даврида яъни 1930-1940 йилларда Бухорода таълим тизимидаги камчиликлар матбуот материаллари асосида ҳаққоний ёритиб берилган. 1930-1940-йилларда Бухоро совет мактаблардаги камчиликларнинг матбуотда ёритилиши “Қизил Ўзбекистон” газетасининг 1940 йилдаги сонларидаги маълумотларига асосланган.
Ushbu maqolada xizmatlarni boshqarish sohasida uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada xizmatlar ko‘rsatish tizimidagi boshqaruv kamchiliklari, inson resurslarini boshqarishdagi muvofiqlashtirish muammolari, mijozlar ehtiyojlarini noto‘g‘ri baholash oqibatida yuzaga kelayotgan xizmat sifati muammolari va texnologik vositalarning yetarli darajada joriy qilinmagani kabilar batafsil tahlil qilingan. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun innovatsion yondashuvlar, raqamlashtirish jarayonlari, kadrlar salohiyatini oshirish hamda xizmat oluvchilar bilan ikki tomonlama aloqani mustahkamlash kabi yechimlar ham taklif etiladi. Mazkur maqola xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tadqiqotchilar hamda talaba va amaliyotchilar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xizmatlarni boshqarish sohasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tizimli tahlil qilgan ilmiy ish sifatida to‘liq yoritilgan.
Ushbu maqolada issiqlik elektr stansiyalarining tuzilishi, ishlash prinsipi, asosiy qismlari, turlari va atrof-muhitga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shuningdek, IESlarning afzalliklari, kamchiliklari va zamonaviy texnologik yondashuvlari yoritilgan. Maqolada O‘zbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyalari misolida milliy energetika tizimining holati ko‘rib chiqiladi. IESlar nafaqat sanoatning asosiy energetik bazasini tashkil etsa, balki ularni modernizatsiya qilish orqali ekologik muammolarni kamaytirish mumkinligi ta’kidlangan.