Adabiy fanlar inson tafakkuri va ma'naviyatining yuksalishida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. U faqatgina o'tmishdan saboq olish vositasi emas, balki zamonaviy ilm-fan va ijodga yo‘nalish beruvchi manba hamdir. Shu bois, adabiy fanlarni o‘rganish va rivojlantirish nafaqat ilmiy ahamiyatga ega, balki ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyot uchun ham katta imkoniyatlarni ochadi. Ma'naviy san'atlar so‘zning ichki bezaklarini bo‘rttirib ko‘rsatsa, lafziy san'atlar esa so‘zning tashqi ko‘rinishi va zohiriy qiyofasidan bahs qiladi. Ushbu mavzuni yoritish uchun kutubxona tadqiqi orqali ilmiy va adabiy ishonchli manbalar ko‘rib chiqildi. O‘sha kitoblardan badi, san’at, lafziy va ma’naviy san’atlarning ta'rif va izohlari diqqat bilan tahlil qlindi hamda ayrim manbalar fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Ularning she’riy namunalarini keltirish uchun imkon qadar Navoiyning G‘aroyib us-sig‘ar devonidan foydalanildi.
Ushbu maqola koreys va o'zbek tillaridagi oziq-ovqatga oid maqollar va iboralarni tahlil qiladi. Taqqoslash tahliliga asoslanib, maqola oziq-ovqatga oid ifodalar orqali bir xalqning milliy va madaniy xususiyatlarini qanday aks ettirishini muhokama qiladi. Koreys va o'zbek tillaridagi oziq-ovqat mahsulotlariga oid maqollar va iboralar batafsil tahlil qilinib, boshqa tildagi mos ifodalar bilan solishtirilgan. Ushbu tadqiqot asosida biz oziq-ovqatga oid maqollarni ham o'rganish zaruratini ta'kidlaymiz, chunki u har ikki tilda madaniy ta'sirlarni aks ettiradi.
Ushbu maqolada suv resurslarini samaradorligini oshirish loyihalarini boshqarish masalalari ko'rib chiqiladi. Suv resurslarining cheklanganligi va ulardan samarali foydalanish zaruriyati hozirgi kunda global muammoga aylangan. Maqolada suv resurslarini boshqarish loyihalarining metodologik asoslari, adabiyotlar tahlili, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko'ra, integratsiyalashgan suv resurslari boshqaruvi (ISRB) va raqamli texnologiyalarni joriy etish suv resurslaridan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi aniqlangan.
В эпоху стремительного технологического прогресса и глубокой цифровизации, современный юридический сектор переживает значительные изменения, связанные с внедрением Legal Tech — набором инструментов для автоматизации и оптимизации юридических процессов. В данной статье рассматривается, как Legal Tech способствует повышению продуктивности юридических компаний. Мы анализируем, каким образом технологические новшества, такие как искусственный интеллект, блокчейн, автоматизация документооборота и смарт-контракты создают новые возможности для соперничества с новыми участниками рынка, включая стартапы. В конечном итоге, делается вывод о том, что адаптация Legal Tech становится критически важным элементом для сохранения и усиления конкурентных преимуществ в юридической индустрии в рамках цифровой экономики.