В данной статье рассматривается современное состояние практики управления рисками в коммерческих банках Республики Узбекистан, существующие проблемы и пути их преодоления. Проведен углубленный анализ основных видов рисков, возникающих в банковской деятельности: кредитного риска, риска ликвидности, операционного риска, риска процентной ставки и риска несоблюдения требований, а также проведен сравнительный анализ с международной практикой их управления. В ходе исследования определено современное состояние систем оценки и мониторинга рисков в коммерческих банках Узбекистана и разработаны необходимые рекомендации по их совершенствованию. В частности, обоснована необходимость гармонизации политики управления рисками с автоматизированными цифровыми решениями, повышения достаточности капитала на основе требований Базеля III и укрепления корпоративного управления. Статья служит практической основой для повышения финансовой устойчивости банковской системы и укрепления кредитной надежности.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining shakllanishi va uning rivojlanish bosqichlari, mavjud holati, muammoli jihatlari hamda istiqbolli yo‘nalishlari tizimli tahlil etilgan. Kreditlash jarayoni iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdagi asosiy vosita sifatida baholab boriladi. Shu nuqtai nazardan, kredit bozori iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda bank tizimining hozirgi kredit siyosati, xususan, kredit resurslarining hajmi, taqsimoti, foiz stavkalari, kredit olish tartibi va shartlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit olishdagi mavjud to‘siqlar chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, jumladan raqamli platformalar, elektron kreditlash tizimlari, kredit reytinglari, Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining kredit bozorini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Moliyaviy inklyuziya va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari alohida e’tiborga olingan. Ilg‘or xorijiy tajribalar – xususan, Xitoy, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining kreditlash amaliyoti tahlil qilinib, ularning o‘zbek iqtisodiyotiga moslashtirilgan jihatlari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalarida kredit bozorining institutsional va texnologik jihatdan modernizatsiya qilinishi, qonunchilik asoslarining takomillashtirilishi, banklararo raqobatni kuchaytirish va raqamli xizmatlarni keng joriy etish orqali kreditlash tizimining samaradorligini oshirishga oid aniq ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot bank sektori mutaxassislari, iqtisodchi-olimlar, moliyaviy siyosat yurituvchilar hamda ilmiy izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolaning maqsadi mashinali o‘qitish usullaridan foydalangan holda MRI tasvirlarida miya o‘smalarini turlarini aniqlashdir. Neyron tarmoq texnologiyalariga asoslangan holda MRI tasvirlar ulardagi o‘smalar mavjudligiga qarab o‘rganiladi. Maqolada bosh miya o‘smalari klassifikatsiyasi, neyron tarmoq arxitekturalari, modullari, MRI tasvirlarida o‘smalarni aniqlash algoritmlari va hozirda eng ko‘p qo‘llanilayotgan aktivlashtirish funksiyalari haqida hamda neyron tarmoq modullarini qurish usullari, kamchiliklari va imkoniyatlari ham tahlil qilingan.
Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida komplayens (compliance) nazorat tizimini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil etilgan. Xususan, “Agrobank” ATB misolida ushbu tizimni joriy etish tajribasi, asosiy yo‘nalishlari, huquqiy bazasi va institutsional mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Komplayens nazorati banklarda qonunchilikka rioya etilishi, ichki qoidalarga amal qilinishi, moliyaviy xavflar va firibgarliklarning oldini olish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritishni ta'minlaydigan muhim vosita sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida “Agrobank”da komplayens tizimi qanday tashkil etilganligi, filiallarda nazorat mexanizmlarining ishlashi, xodimlar malakasi, KYC va AML/CFT siyosatlarining joriy etilishi kabi jihatlar amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar — masalan, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, texnologik vositalarning yetarli emasligi va filiallar kesimidagi nomutanosibliklar — aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
В статье анализируется современное состояние практики совершенствования системы финансовой поддержки малого бизнеса, в частности, его финансирования за счет банковских кредитов. В статье выделяются основные проблемы существующей системы – отсутствие залогового обеспечения, бюрократические препятствия, сложные процессы получения кредитов, и предлагаются научно обоснованные предложения по их устранению. Также рассматриваются пути управления кредитными рисками в деятельности банков, расширения гарантийных механизмов и повышения доступности финансовых услуг для малого бизнеса за счет цифровизации кредитной инфраструктуры. Результаты исследования показывают, что совершенствование механизмов кредитования является важным фактором развития малого бизнеса.