MOLIYAVIY IQTISODIYOT SOHASIDAGI MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR TAHLILI

Mazkur maqolada moliyaviy iqtisodiyot sohasining zamonaviy holati, unda yuzaga kelayotgan asosiy tizimli va institutsional muammolar hamda ularni bartaraf etish orqali barqaror rivojlanishni ta’minlash istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida moliyaviy bozorlar rivojlanish darajasi, bank tizimidagi risklar, fiskal va monetar siyosatning o‘zaro muvofiqligi, investitsiya muhitining holati hamda raqamli moliya texnologiyalarining ta’siri kompleks yondashuv asosida o‘rganiladi. Shuningdek, globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida moliyaviy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ilgari suriladi.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
QORAQALPOQ AN'ANAVIY LIBOSLARINING BOSHQA O‘RTA OSIYO DAVLATLARI MILLIY LIBOSLARIDAN FARQI VA O‘XSHASHLIKLARI

Ushbu maqolada Qoraqalpoq xalqining anʼanaviy liboslari, ularning shakllanishiga taʼsir ko‘rsatgan tarixiy, madaniy va etnografik omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, qoraqalpoq liboslarining O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va boshqa O‘rta Osiyo xalqlarining milliy kiyimlari bilan o‘xshashliklari va farqlari ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqotda etnik madaniyatlararo aloqalar, hududiy yaqinlik, ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, qo‘shni xalqlarning o‘zaro taʼsiri hamda liboslarning funksional va estetik jihatlari solishtirma tahlil usulida ko‘rib chiqiladi.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
YECHIM SUJET UNSURI SIFATIDA

Ushbu maqolada badiiy asarda yechim tushunchasi, uning asar sujetidagi oʻrni haqida va yechim turlari, ularning mazmuni, ularning farqlanishi haqida maʼlumot beriladi.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
QASHQAR RUBOBI - O'ZBEK XALQINING MUSIQA MEROSI

Ushbu maqolada Qashqar rubobining kelib chiqishi, o‘zbek xalqining musiqa madaniyatidagi o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar o‘rganilib, rubobning shakllanish bosqichlari hamda bugungi kundagi ijrochilik an’analari tahlil qilinadi. Natijalar rubobning milliy musiqamizdagi beqiyos o‘rni va estetik qiymatini yoritishga qaratilgan.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
ОЛИЙ ТАЛИМ МУАССАСАЛАРИДАГИ ТАЛАБАЛАРНИ БАСКЕТБОЛ СПОРТ ТУРИГА ТАЙЁРЛАШНИНГ УРГАНИЛГАНЛИК ҲОЛАТИ

Ушбу мақолада олий талим муассасалари талабаларининг жисмоний имкониятларини инобатга олган ҳолда баскетболчиларни тайёрлашнинг самарали методикалари ва механзмлари таҳлил қилинади.


19.12.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor