Mazkur maqolada hadislarda bayon etilgan ta’lim va tarbiya masalalari tahlil qilinadi. Rasululloh Muhammad (s.a.v.)ning hadislari asosida ilm olish, axloqiy tarbiya, oilaviy mas’uliyat, ustoz-shogird munosabatlari hamda ijtimoiy muomala madaniyati kabi mavzular yoritilgan. Hadislar orqali insonning ma’naviy barkamollikka erishishidagi yo‘llar ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim-tarbiyaga hadislarning qanday tadbiq etilishi mumkinligi haqida ham fikr yuritiladi. Maqola islomiy tarbiyaning universal qadriyat sifatidagi o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqolada diniy bilimlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Diniy bilim inson ma’naviyatini boyitib, axloqiy mezonlarni mustahkamlaydi hamda ijtimoiy birlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada shuningdek, diniy-ma’rifiy tarbiyaning yosh avlod ongini shakllantirishdagi o‘rni va uni zamonaviy jamiyat taraqqiyoti bilan uyg‘unlashtirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan.
Ushbu maqola Islom dini taʼlimotlarining asosiy jihatlarini, ayniqsa, aqida, fiqh va axloqiy taʼlimotlarni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Islomning asosiy manbalari, jumladan, Qurʼon, hadislar, ijmoʼ va qiyos kabi ahamiyatli elementlar yoritiladi. Aqida bo‘limida Islomda eʼtiqod tizimi va uning asosiy tamoyillari, fiqhda esa amaliy qoidalar va musulmonlarning hayotini tartibga soluvchi qonunlar taqdim etiladi. Axloqiy taʼlimotlar, o‘z navbatida, Islomda insonning axloqiy fazilatlarini rivojlantirish va jamiyatda adolat va tinchlikni taʼminlashga qaratilgan qoidalar to‘plami sifatida o‘rganiladi. Maqolada, shuningdek, dinshunoslik nuqtai nazaridan Islom dinining tarixiy va madaniy kontekstdagi o‘rni, uning jamiyatdagi ahamiyati va zamonaviy sharoitdagi taʼsiri ko‘rsatiladi. Maqola Islom dinining ilohiy va amaliy tomonlarini tushunishga yordam beradi va dinshunoslik fanida muhim o‘rin tutadi.
Ushbu maqolada dinshunoslik va falsafa o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Dinshunoslikning diniy e’tiqod, marosim va matnlarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganishi, falsafaning esa aql-idrok va mantiq orqali haqiqatni izohlashga intilishi ochib berilgan. Falsafa va dinshunoslikning umumiy va farqli jihatlari tarixiy va zamonaviy misollar asosida yoritilgan. Ayniqsa, musulmon mutafakkirlar — Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Rushd qarashlari orqali bu ikki fan o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik yoritilgan. Maqolada zamonaviy davrda dinshunoslik va falsafa integratsiyasi, ularning insoniyat tafakkuridagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.
Ushbu maqolada din va urf-odatlar o‘rtasidagi tarixiy va ijtimoiy uyg‘unlik masalasi o‘rganilgan. Islom dini kontekstida urf-odatlarning ahamiyati, ularning ijtimoiy hayotdagi roli, diniy mezonlar asosida baholanishi tahlil etilgan. Maqolada shuningdek, urf-odatlarning ijobiy va salbiy jihatlari yoritilib, diniy qadriyatlar bilan uyg‘un holda qo‘llanishiga oid takliflar bildirilgan. Maqola dinshunoslik sohasi bilan qiziqadigan talabalar, tadqiqotchilar va keng omma uchun mo‘ljallangan.