LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHDA SOLIQ VA BOJXONA IMTIYOZLARINING SAMARADORLIKKA TA'SIRI TADQIQI

Ushbu maqolada investitsiya loyihalarini amalga oshirishda soliq va bojxona imtiyozlari mexanizmlarining samaradorligiga ta'sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, maqsadli imtiyozlar investitsiya oqimini kuchaytiradi va loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydi, ammo ularning samaradorligi milliy iqtisodiyot sharoitlari va boshqaruv sifatiga bog'liq.


15.11.2025 Volume Issue View more Download
TIJORAT BANKLARIDA RISK BOSHQARUVI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklarida risk boshqaruvi tizimining mazmuni, uning bank barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish yo‘nalishlari atroflicha yoritilgan. Maqolada kredit, likvidlik, foiz, valyuta, bozor va operatsion risklarning shakllanish sabablari, ularni kamaytirish mexanizmlari hamda Basel III standartlari asosida risklarni baholashning ilg‘or yondashuvlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarida risk-menejmentni takomillashtirish jarayonida raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan skorинг tizimlari, stress-testlash va ichki nazorat tizimining integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklarda risklarni boshqarish samaradorligini oshirish, muammoli kreditlar ulushini kamaytirish, kapital yetarliligini mustahkamlash va bank tizimi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


15.11.2025 Volume Issue View more Download
DEFINING GLOBALIZATION: DISCUSS ITS MAIN FEATURES

Globalization is a major force shaping today's world. It refers to the increasing interconnectedness and mutual reliance of nations across economic, technological, cultural, and political dimensions. This article clarifies what globalization means and examines its key characteristics that impact international relations and development. The analysis emphasizes that globalization fosters enhanced economic collaboration, accelerated technological exchange, and broader cultural interactions. However, it also introduces challenges like inequality and the erosion of cultural identity. Grasping these essential features is crucial for evaluating the effects of globalization on societies and the global economy in the present.


15.11.2025 Volume Issue View more Download
MAQOM ASHULALARINING POETIK MATNLARI VA ULARNING MA'NAVIY MAZMUNI

Ushbu maqolada maqom ashulalarining poetik matnlari tahlil qilinib, ularning maʼnaviy, falsafiy va axloqiy mazmuni o‘rganilgan. Matnning lingvistik va musiqiy qirralari, shuningdek, tinglovchi va ijrochiga taʼsiri yoritilgan. Shu orqali maqom ashulalarining xalq maʼnaviyatidagi roli va ruhiy-estetik ahamiyati ko‘rsatildi.


15.11.2025 Volume Issue View more Download
KORXONADA RЕJALASHTIRISH

Mazkur ishda korxonada rejalashtirish jarayonining mazmuni, ahamiyati va turlari yoritilgan. Rejalashtirish korxonaning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi boshqaruv funksiyalaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Ishda strategik, taktik va operativ rejalashtirish turlari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda ishlab chiqarish jarayonida resurslardan oqilona foydalanishdagi roli tahlil qilingan. Shuningdek, rejalashtirishda zamonaviy yondashuvlar va axborot texnologiyalarining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan.


15.11.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor