Hayotiy muhim va radiatsiyaga sezgir tuzilmalar hamda organlarga yaqin joylashgan o‘smalarni nurlantirish uchun proton terapiyasi seanslarida nurning nishon bilan fazoviy jihatdan aniq mos kelishini ta’minlash zarur. Bunda doza nishon chegaralaridan tashqarida keskin kamayadi, bu esa ilgari nur terapiyasi uchun mavjud bo‘lmagan joylashuvlarni ham nurlantirish imkonini beradi. Ushbu ishda dozimetria va nur terapiyasi sohasida sonli tajribalar o‘tkazish uchun proton nurlarining o‘tish yo‘lini modellashtirishda FLUKA dasturiy paketining imkoniyatlari Monte Carlo method yordamida ko‘rsatib berilgan.
Mazkur maqolada tarbiyaviy jarayonni boshqarishda innovatsion axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ta’lim muassasalarida raqamli boshqaruv tizimlari, elektron monitoring, interaktiv metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktabgacha ta’lim muassasasida direktor o‘rinbosarining metodik boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan “Raqamli kuzatuv kartasi” modeli ishlab chiqilgan hamda uning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, metodik faoliyatni raqamlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion axborot texnologiyalarining ta’lim-tarbiya jarayonini optimallashtirish, pedagogik monitoring sifatini oshirish va metodik boshqaruvni takomillashtirishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada Amir Haydarning siyosiy faoliyati, davlat boshqaruvidagi islohotlari hamda Buxoro amirligi taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, uning hukmronlik davridagi ichki va tashqi siyosat, madaniy-ma’rifiy jarayonlar hamda markaziy hokimiyatni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari yoritiladi. Maqolada tarixiy manbalar asosida Amir Haydarning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga baho berilgan.
Mazkur maqolada O‘zbek tili tarixi fanini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish masalalari tahlil qilinadi. Fan mashg‘ulotlarida interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda innovatsion yondashuvlardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, talabalarning tarixiy-lisoniy tafakkurini rivojlantirishda zamonaviy metodlarning ahamiyati ochib berilgan.
Ushbu maqolada Ikkinchi jahon urushi yillarida Xorazm viloyatida chop etilgan davriy nashrlar – gazeta va jurnallar sahifalarida urushga bo‘lgan munosabatning yoritilishi tahlil etiladi. Maqolada mazkur davr matbuotining urush voqealarini aks ettirishdagi uslublari, mavzular tanlovi, hamda axborotning ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatlardagi mazmuni chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, nashrlar orqali jamiyatda shakllangan ruhiy kayfiyat, xalqning urushga nisbatan fikr-mulohazalari, hamda matbuot vositalarining ma'naviy tarbiya va safarbarlikdagi roli alohida tahlil qilinadi.