29.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada tarbiyaviy jarayonni boshqarishda innovatsion axborot texnologiyalarini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Ta’lim muassasalarida raqamli boshqaruv tizimlari, elektron monitoring, interaktiv metodlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktabgacha ta’lim muassasasida direktor o‘rinbosarining metodik boshqaruv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan “Raqamli kuzatuv kartasi” modeli ishlab chiqilgan hamda uning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, metodik faoliyatni raqamlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion axborot texnologiyalarining ta’lim-tarbiya jarayonini optimallashtirish, pedagogik monitoring sifatini oshirish va metodik boshqaruvni takomillashtirishdagi muhim ahamiyatini ko‘rsatadi.
Keywords: tarbiyaviy jarayon, innovatsion axborot texnologiyalari, raqamli boshqaruv, metodik faoliyat, pedagogik monitoring, AKT, raqamli kuzatuv kartasi, elektron ta’lim resurslari, masofaviy ta’lim, pedagogik kompetensiya, interaktiv metodlar, elektron monitoring, maktabgacha ta’lim, metodik boshqaruv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.