Ushbu maqolada taniqli mutasavvif olim va shoir Soʻfi Ollohyorning oʻzbek adabiyoti hamda pedagogik fikr taraqqiyotida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan “Sabotul-ojizin” asaridagi falsafiy-axloqiy va pedagogik qarashlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning zamonaviy taʼlim tizimidagi yoshlar maʼnaviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish, ularda aksiologik (qadriyatshunoslik) tushunchalarni rivojlantirish hamda iymon, sabr, kamtarlik va odob kabi fundamental fazilatlarni tarkib toptirishdagi didaktik salohiyati ochib berilgan. Shuningdek, maqolada klassik pedagogik manbalarni umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimiga integratsiya qilishning samarali pedagogik strategiyalari metodologik nuqtai nazardan asoslangan.
The article discusses the conceptual foundations of the digital transformation of the management system of educational organizations in the context of digitalization. The essence of digital transformation, its main components and features of implementation in the management system of educational organizations are analyzed. Particular attention is paid to digital strategy, technological infrastructure, digital culture, artificial intelligence and data analytics. Based on the analysis of the experience of leading universities in the USA, Russia and China, the main directions of digital transformation of the management system were identified. It was concluded that the integrated introduction of digital technologies contributes to improving the efficiency of management activities and the quality of educational services.
Bugungi kunda ta’limga integratsiya qilinayotgan eng yangi texnologiyalardan biri bu sun’iy intellektdir. Sun’iy intellektning ta’limdagi rolini shunchaki texnologik yangilik sifatida ko‘rishdan ko‘ra, uni pedagogik funktsiyaga ham ega bo‘lgan element sifatida ko‘rib chiqish ushbu texnologiyaning ta’limga qo‘shgan hissasini tushunishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning taqdim etilishidan maqsad, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni va ta’sirini pedagogik doirada muhokama qiladigan malakali tadqiqotlarni o‘rganib, sun’iy intellektning pedagogikani qanday qo‘llab-quvvatlashi va pedagogik nuqtai nazardan olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni ochib berish va bu mavzudagi o‘zbek adabiyotiga hissa qo‘shishdir.
Mazkur maqolada aruz vaznini ona tili va adabiyot darslarida o‘qitishning nazariy hamda amaliy jihatlari yoritilgan. Aruz vaznining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘quvchilarga tushunarli tarzda yetkazishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur yondashuvlar orqali o‘quvchilarning mumtoz adabiyotga qiziqishi, tahliliy fikrlashi hamda badiiy matnni anglash kompetensiyasini rivojlantirish masalalari yoritilgan.
Ushbu maqolada kartali to‘lov tizimlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalari “Agrobank” ATB faoliyati misolida tadqiq etilgan. Tadqiqotda bank kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar hajmi, tranzaksiyalar tezligi, xizmat ko‘rsatish sifati, xavfsizlik darajasi hamda mijozlar uchun yaratilayotgan qulayliklar kartali to‘lov tizimi samaradorligini belgilovchi asosiy omillar sifatida baholangan. Shuningdek, mavjud texnik infratuzilma, POS-terminallar va bankomatlar tarmog‘i, mobil ilovalar, kontaktsiz to‘lov texnologiyalari, tranzaksiya xarajatlari hamda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tahlil qilingan. Maqolada kartali to‘lov xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy protsessing texnologiyalarini joriy etish, xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish, firibgarlik holatlarining oldini olish, mijozlar murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va banklararo integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari “Agrobank” ATBda kartali to‘lov tizimlarining ishonchliligi, qulayligi va iqtisodiy samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.