Ushbu maqolada Abdurauf Fitratning hayoti va ijodi Sabboq Buxoriyning "Armugʻoni Sabboq" tazkirasi asosida tahlil qilinadi. Adibning "Mijmar" taxallusidan "Fitrat"ga qadar bosib oʻtgan yoʻli, uning Mirzo Olimjon Hasrat gʻazaliga bogʻlagan muxammasi va jadidchilik gʻoyalari yoritilgan.
В статье проводится сопоставительный анализ лингвистических особенностей русских и узбекских сказок о животных. Рассматриваются три ключевых аспекта: система образов персонажей, лексические особенности текстов и их композиционное своеобразие. Выявлено типологическое сходство двух традиций — наделение животных человеческими качествами, — а также принципиальные различия, обусловленные географическими, историческими и культурными факторами. Лексический уровень характеризуется богатством национально маркированных единиц: в русских текстах преобладают уменьшительно-ласкательные формы и постоянные эпитеты, в узбекских — этикетные формулы и восточные заимствования. Показано, что, несмотря на внешнюю сюжетную схожесть, языковое оформление сказок остаётся глубоко самобытным для каждого народа.
Mazkur maqolada akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Shuningdek, pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonida kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy kamolotga erishish omillari tahlil qilingan. Akmeologik yondashuvning bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati ochib berilgan.
Mazkur maqolada Xorazmning antik davrdagi madaniy-xo‘jalik markazlarining tarkib topishi, shakllanish omillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda vohaning tabiiy-geografik sharoiti, irrigatsiya tizimlari, urbanizatsiya jarayonlari hamda yirik qal’a-shaharlarning iqtisodiy va madaniy hayotdagi o‘rni yoritilgan. Natijalar Xorazm madaniy-xo‘jalik markazlari voha taraqqiyotining asosiy tayanchi bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Ushbu maqolada Buxoro vohasing ajralmas qismi bo’lgan Peshku tumaning qadimiy ildizlari, uning shakllanish va taraqqiyot bosqichlari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan ABU BAKR NARSHAXIYning ‘’Buxoro tarixi’’ asarida tilga olingan ‘’Zandanacha ‘’ matolarning shonli o’tmishi va buyuk mutaffakir Ibn Sino tug’ilgan Afshona qishlog’ining madaniy merosi yoritilgan. Shuningdek, maqolada hududning bugungi kundagi turustik imkoniyatlari va salohiyati haqida qisqacha aytib o’tilgan.