Investitsiya faoliyati har qanday mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Uning samaradorligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar hisobining to‘g‘ri yuritilishi va buxgalteriya tizimining aniqligiga bog‘liq. Ushbu maqolada investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, xarajatlar hisobining turlari va buxgalteriya tizimining investitsion jarayonlardagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida investitsiya muhiti, kapital qo‘yilmalarning rentabelligi hamda korxonalarda investitsion hisob yuritish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqola Samarqand viloyati tumanlarida 2024 yil qurilishlarida qurilish materiallari yetkazib berishning holati oʻrganib chiqilgan. Qurilish mahsulotlarining yetkazib berish manzillari, yuk tashiladigan omborlar joylashgan tumanlar, bir birlik xom-ashyoning tashish va boshqa xarajatlari koʻrsatib oʻtilgan. Maqolada mahsulot yetkazib berishning holati va optimallashtirish yoʻllar iqtisodiy-matematik yordamida nazariy-amaliy jihatdan tadqiq qilingan hamda tahlil qilingan.
Mazkur maqolada O‘zbekiston qurilish sanoatining hozirgi holati, uning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omillar hamda sohadagi tizimli muammolar tahlil qilingan. Qurilish tarmog‘i mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori bo‘lib, ichki bozorni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, texnologik kechikish, innovatsiyalarni joriy etishdagi sustlik, kadrlar malakasining yetarli emasligi va investitsion muhitning to‘liq shakllanmagani tarmoq raqobatbardoshligini pasaytirmoqda. Maqolada raqamli transformatsiya, “yashil qurilish” tamoyillari, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali sohani rivojlantirish istiqbollari ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qurilish klasterlarini tashkil etish va BIM (Building Information Modeling) tizimlarini joriy etish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan.
This article reviews the current system of quality control for design and construction in the Republic of Uzbekistan, examines institutional and regulatory frameworks, identifies key challenges, and proposes practical recommendations to strengthen quality management across the sector. Uzbekistan’s construction sector has been undergoing rapid transformation driven by national strategies to modernize building codes, adopt international standards, and strengthen institutional oversight. Despite progress, persistent gaps remain in standardization, laboratory testing capacity, contractor qualification, and the consistent application of quality management systems on projects.
Qurilish mamlakatimiz iqtisodiyotining etakchi sohalaridan hisoblanadi. Ayniqsa oxirgi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan jadal investitsion siyosat sharoitida qurilish ishlari dinamikasini tadqiq qilish zarurati sezilmoqda. Mazkur maqolada 2015-2024 yillar bo’yicha statistik ma’lumotlarni tahlil qilish asosida qurilish sohasining holati va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish vazifasi quyilgan.