Mazkur maqolada O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarining holati va ularni takomillashtirish zarurati tahlil qilingan. NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaning ko‘pligi, tarqoqligi va o‘zaro nomuvofiqligi ularning samarali faoliyat yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini asoslab berilgan. Shuningdek, NNTlarning tashkiliy-huquqiy shakllarini aniq belgilashdagi muammolar, yuridik terminlarning chalkashligi, ayrim shakllarning qonunchilikda noto‘g‘ri tasniflanishi kabi muhim masalalarga e’tibor qaratilgan. Tadqiqot ishida xalqaro huquq tajribalariga asoslangan holda NNTlar faoliyatini tartibga soluvchi yagona kodeks ishlab chiqish, “NNT to‘g‘risida”gi qonunga yangi modda va ta’riflar kiritish, shuningdek “NNT” atamasini “jamoat tashkilotlari” bilan almashtirish kabi takliflarni ilgari surilgan. Maqola NNTlar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishga oid dolzarb ilmiy-amaliy masalalarni yoritadi.
Ushbu maqolada mental arifmetikaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi. Mental arifmetika nafaqat tez hisoblash malakalarini, balki tafakkur, xotira, diqqat va tasavvur kabi kognitiv kompetensiyalarni ham rivojlantiradi. Tadqiqotda turli metodlar asosida tajriba sinf o‘quvchilari bilan ish olib borilib, ularning natijalari tahlil qilindi.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda mental arifmetikaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida matematika faniga bo‘lgan qiziqishni oshirish, aqliy rivojlanish, diqqatni jamlash va tez fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mental arifmetikaning ta’siri asoslangan. Asosiy qismda to‘rt yechilgan masala orqali mazkur metodikaning amaliy imkoniyatlari ochib beriladi.
Globallashuv shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish xalqaro hamjamiyatning asosiy vazifasi bo‘lib kelmoqda. Davlat uning tarkibida xalq bo‘lganligi uchun ham davlat hisoblanadi. Agarda u o‘z hududidagi insonlarning huquqlarini himoya qilolmasa va insonlarga huquqlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlay olmasa uning davlatchiligiga ziyon yetishi aniq. Shuning uchun ham inson manfaatlari oliy o‘ringa qo‘yilmoqda. Hech narsa undan ustun bo‘lishi mumkin emas. Dunyo mamlakatlarining ichki va tashqi siyosatdagi asosiy maqsadi inson huquqlarini oliy qadriyat sifatida mustahkamlash bo‘lib kelmoqda va bu tamoyilni amalga oshirish uchun bir qancha sa’y- harakatlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning, bolalarning, yoshlarning, keksalar va nogironlarning manfaatlari milliy konstitutsiyalarda va xalqaro hujjatlarda mustahkamlandi. Bunga zid harakatlarni amalga oshirganlar va inson huquqlarini poymol qilganlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilmoqdalar.
Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchilarning texnik mahoratini oshirishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, start texnikasi, bosqichma-bosqich tezlanish, harakat mexanikasi va plyometrik tayyorgarlik usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Muallif tomonidan haftalik mashg‘ulot rejasi asosida sportchilarning texnik rivojlanish ko‘rsatkichlari jadvalda bayon etiladi.