Ушбу мақолада инсон салоҳиятини юксалтиришда бўш вақтдан самарали фойдаланишнинг замонавий тенденциялари таҳлил қилинади. Жаҳондаги ўзгарувчан ҳаёт тарзи, рақамлаштириш жараёнлари ва ижтимоий тармоқлар таъсирида инсонлар бўш вақтни қандай ўтказаётгани, ундан шахсий ривожланиш ва ижтимоий фаоллик учун фойдаланиш усуллари кўриб чиқилади. Шахсий ривожланиш, таълим, ижодий фаолият ва фитнес каби соҳалардаги замонавий ёндашувлар таҳлил қилинган.
Зараутсой қоятош суратлари атрофидаги сойлардан янги тош расмлар топилди. Бу тош суратлар бронза ва темир даври билан характерланади. Бу эса Зараутсой қоятош суратларни қадимий эканлигидан далолат беради. Зараутсой қоятош суратлари Марказий Осиёнинг ибтидоий давр санъати тарихини ўрганишда муҳим манба бўлиб хизмат қилади.
Mazkur maqolada davlat xizmatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan raqamli tengsizlik muammosi yoritilgan. Asosiy e’tibor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishdagi hududiy, ijtimoiy va texnik tafovutlarga qaratilgan. Amaliyot davomida aniqlangan holatlarga asoslangan holda, raqamli savodxonlik darajasini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, interfeyslarni soddalashtirish, yordam xizmatlarini kengaytirish va huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Mazkur maqolada sport etikasi tushunchasi, uning shakllanishi va zamonaviy sportda tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Sportda adolat, halollik, raqibga hurmat, o‘zini tutish madaniyati kabi etik qadriyatlarning ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, professional sportchilarning, murabbiylar va sport muassasalarining axloqiy mas’uliyati, dopingdan foydalanish, korrupsiya va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish zarurati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada sport etikasi nafaqat sportchilar, balki butun jamiyatning madaniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim omil sifatida ko‘rsatilgan. Muallif sport etikasi masalalarini yoritishda xorijiy tajribalar va xalqaro sport tashkilotlarining me’yoriy hujjatlariga ham murojaat qiladi.
Mazkur maqola XXI asrning dolzarb muammolaridan biri- ekologik muammolar, oqibatlari va ularning yechimlariga bag’ishlangan bo’lib, xalqaro tashkilotlar tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar hamda O’zbekiston misolida Orol muammosiga alohida to’xtab o’tilgan.