Mazkur maqolada iqtisodiyotni barqarorlashtirishda monetar siyosat instrumentlarining nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxira talablari, qayta moliyalashtirish instrumentlari va valyuta siyosatining inflyatsiya darajasi, pul massasi, kreditlash hajmi, investitsion faollik hamda makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, monetar siyosatning transmissiya mexanizmlari va inflyatsion targetlash rejimining iqtisodiy samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, O‘zbekiston sharoitida monetar siyosat samaradorligini oshirish, narxlar barqarorligini ta’minlash, bank tizimi likvidligini boshqarish hamda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalari monetar siyosatni takomillashtirish, makroiqtisodiy muvozanatni mustahkamlash hamda pul-kredit boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Usı maqalada baslawısh klass muzıka sabaqlarında tálim sapasın hám oqıwshılardıń belsendiliginiń arttırıwda 5E modeli hám STEM qatnasınıń mánisi hám áhmiyeti talqılanadı. XXI ásir kónlikpelerin rawajlandırıvda muzıka pániniń basqa qatań ilimler (fizika, matematika) menen integraciyası hám bul processte sanlı qurallardıń (Chrome Music Lab, GarageBand) roli ashıp berilgen. Maqalada dóretiwshilik pikirlewdi qáliplestiriwge baǵdarlanǵan ámeliy sabaq úlgisi keltirilgen.
Ushbu maqolada musiqa ta’limi tizimida, xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fortepiano chalishni o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Yosh musiqachilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy eshitish qobiliyati va ritm tuyg‘usini shakllantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada dars jarayonini qiziqarli tashkil etish va o‘quvchilarning fortepiano chalishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarning yuzaga kelish sabablari, ularning bank moliyaviy barqarorligiga ta’siri hamda kamaytirish mexanizmlari “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki misolida o‘rganilgan. Tadqiqotda kredit oluvchilarning moliyaviy holatini yetarli darajada baholamaslik, kredit mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, garov ta’minotining likvidligi pastligi, monitoring jarayonlaridagi kamchiliklar va tashqi iqtisodiy omillar muammoli kreditlarning ko‘payishiga sabab bo‘lishi asoslangan. Shuningdek, bankning kredit portfelini diversifikatsiya qilish, zamonaviy skoring tizimlarini joriy etish, qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatini muntazam monitoring qilish, kreditlarni restrukturizatsiya qilish hamda muammoli qarzdorlik bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari tahlil qilingan.
Ushbu ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida musiqa madaniyati fanini o‘qitish sifatini oshirishda didaktik o‘yinli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati keng ma’noda tahlil etilgan. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining psixologik, fiziologik va kognitiv rivojlanish xususiyatlari inobatga olingan holda, musiqiy tafakkur, eshitish qobiliyati, ritmika va kreativlikni shakllantiruvchi o‘yinlarning metodologik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda didaktik o‘yinlarni dars jarayoniga tizimli tatbiq etishning majburiy pedagogik shart-sharoitlari, mezonlari va ularning dars samaradorligini oshirishdagi ko‘rsatkichlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan, amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.